Толковый словарь
cho‘qimoq
чўқимоқ
Значения
- Tumshuq bilan ilib olib yemoq.
- Bir choʻqib, ikki qaraydi Juda ehtiyot-kor odam haqida.
- Tumshuq bilan zarb bermoq (qush va parrandalarga nisbatan).
- Bir choʻqishda qochirmoq Ustun chiqmoq.
- Qoʻl uchi bilan chimdib, ozgina yemoq, yeb koʻrmoq, tatimoq.
- koʻchma s. t. Baland kelib, zoʻr chiqmoq; qattiq koyimoq, urishmoq.
Примеры
- Joʻjalar don choʻqishmoqda. Mulla bil-ganini oʻqir, Tovuq koʻrganini choʻqir. — Maqol.
- Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va qush choʻqigan qandaydir bir bosh uzum bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi. — Maqol.
- Burgut jon-holatda unga [latta-puttalar bogʻlangan xodaga] tashlanib, tirnoqlari bilan changallab choʻqirdi. Bu — dastlabki ov — mashq edi, albatta. — "Yoshlik".
- Mulla Mamajon oʻz davrida yalqovlik bilan "Alif layli"dagi Abutanbalni bir choʻqishda qochiradigan kishi boʻlgan ekan. — Gʻ. Gʻulom — Ti-rilgan murda.
- [Hoji va Hasa-nali] Soʻzlashmasdangina, lagandan birmuncha choʻqigan boʻldilar-da, qoʻl artdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oralarida zoʻr-zoʻr advokatlarni choʻqib tashlaydigan rah-barlari bor emish. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0