Толковый словарь
da’vo
даъво
Значения
- Buzilgan haq-huquqini talab qilish yoki uni himoya etish haqida huquqni himoyalovchi tashkilotlarga qilinadigan murojaat, arz.
- Birovni ayblash, tuhmat.
- Oʻzi munosib boʻlmagan yoki oʻzida boʻlmagan haq-huquq yoki xususiyat, fazilatlarni eʼtirof etishni talab qilish, bu yoʻldagi urinish, iddao.
- Javob talab qilinuvchi mulohaza, fikr.
- teorema.
- Xun daʼvosi Oʻldirilgan kimsaning qoniga qon olish yoki qonun yoʻli bilan jazo talab etish.
Примеры
- Pul daʼvosi. Meros daʼvosi. Chegara daʼvosi. Oʻzimdan chiqqan baloga, Qayga boray daʼvoga. — Maqol.
- Shu-shu, daʼvosida mahkam turgan Elchiyev qaytib tergovga bormadi: bilganini qilsin endi! — E. Aʼzamov — Javob.
- Sudya Xadicha otinni turgʻazdi: Ayblanuvchiga daʼvongiz bormi? - Qanaqa daʼvo boʻlsin, taqdir ekan! — "Yoshlik".
- U meni urdi, deb daʼvo qilyapti. U
- Arabboyga daʼvo qilmoqda edi.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Birinchilik daʼvosi.
- Saroyda barcha: shariat peshvolaridan tortib to kichkina amaldorgacha shoirlik daʼvo qilardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bahodirlik daʼvo qilib yuribsan, Bek otangning tulporini minibsan. — "Malikai ayyor".
- Shunaqa oilalar borki, ota-onasining ilmi unchalik emas, bilimdonlikni daʼvo qiladilar. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Uzum uzsam uzumzordan bir shingil, Asalman der, shirilikda daʼvosi. — S. Abdulla.
- Oltin chirimas, daʼvo qarimas. — Maqol.
- Poʻlatjon Zebining bu daʼvosiga nima deyishini bilmay, oʻylanib qoldi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Kuladigan gap emas bu, kulmanglar, — dedi Maʼsumaoy oʻz daʼvosini isbotlashga urinib. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
Этимология
arab. – arz, shikoyat, iddao
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0