Толковый словарь
dimog‘
димоғ
Значения
- Burun boʻshligʻi bilan ogʻiz boʻshligʻining tutashadigan yeri; halqumning yuqori boʻli-mi.
- Dimogʻida gapirmoq Boʻgʻiqovoz bilan yoki poʻngʻillab gapirmoq; kulmoq.
- Ruhiy holat, kayfiyat.
- Oʻzini baland tutish, kibr-havo, kekkayish, takabburlik.
- Dimogʻi baland yoki kalondimogʻ Birovni mensimaydigan, kekkaygan, manman. -U
Примеры
- Gulroʻyning dimogʻiga gup etgancha nam tuproqning xush boʻyi urdi. — "Yoshlik".
- Oʻchoqda damlab qoʻyilgan palov hidi dimogʻiga urilib, ishtahasini qitiqladi. — "Yoshlik".
- U dimogʻida gapirar edi. Uning ovozi pingʻillab eshi-tilgani uchun Begimxon piqillab kulib yubordi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Jarang-lashib, dimogʻlari chogʻ boʻlib, Urganch elga hammasi toʻyga ketdi. — "Yusuf va Ahmad".
- Ahmadning ham dimogʻi chogʻlashdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Takabbur, olifta xonimlar dimogʻ bilan kekkaiib, indamay oʻtirardi. — Oybek — Nur qidirib.
- Keyingi kushshrda Rashidda dimogʻ paydo boʻla boshladi. — "Sharq yulduzi".
- kishining oldida oʻn soat tursangiz ham indamaydi, shunaqa “dimogʻi baland, ” — dedi. — Oydin — Hikoyalar.
- Bejoy baland shu chop-sonning dimogʻi. — "Hasanxon".
- -Yoʻq, — deb oʻyladi Yaxshiboyev, bu elchining dimogʻi baland. — M.M.Doʻst, Lolazor.
- Bizning rais oʻjarroq, Gap uqmas, kalondimogʻ. — "Mushtum". Dimogʻi kuymoq Firib yemoq, pand yemok,.
- Ikki yil boʻldi kuygan edi dimogʻim. — "Nigor va Zamon". Dimogʻi koʻtarilmoq Oʻzini boshqalardan baland oladigan boʻlib qolmoq, kekkaymoq, manmanlik qilmoq.
- Obbo! Rais boʻlib, dimogʻi koʻtarilib qopti-ku! — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Kreslo uning dimogʻini koʻtarib, amal gʻururi boshini ailantirib qoʻydi. — Gazetadan. Dimogʻi shishmoq ayn. dimogʻi koʻtarilmoq.
- Boʻlsa uy-joy, [Kanizakning] ilgarigi eridan qolgan roʻzgʻori bordir. Bu bezotning [Sidiq-jonning] dimogʻini shishirgan shu narsa. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Aytganin-gizdek, mingboshining oʻzi ham dimogʻi shishib qolibdi. — Hamza — Asarlar. Dimogʻiga qurt tushmoq yoki dimogʻidan qurt (eshak qurt) yogʻilmoq Juda ham kekkayib, hech kimni mensimay qoʻymoq.
- Avval uni mullavachchalar sudradi.. keiin Mamarayim afandining dimogʻiga qurt tushdi. — M. Ismoiliy — Far-gona t.o. |
- Qaynotasi] Nariroqqa borib toʻngʻilladi: -Hemirining tayini yoʻgʻ-u, dimogʻidan eshak qurt yogʻshshdi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Dimogʻidan qor yogʻmoq Qovogʻi ochilmaydigan, serzarda boʻlib qolmoq, jahli chiqmoq. U
- [Satin boyvachcha hovliga] har kirib chiqqanda, bir et-bir et tushar, dimogʻidan qor yogʻar va alamiga chidolmasdan, poʻngʻillab oʻtardi. — H. Shams — Dushman. Dimogʻ qilmoq Arzimagan narsaga arazlamoq, zarda qilmoq.
Этимология
\a. — miya; bosh
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0