Толковый словарь
g‘alaba
ғалаба
Значения
- Jang yoki bellashuv (kurash)da qozonilgan (erishilgan) muvaf-faqiyat; zafar.
- Ish-faoliyat, maqsad yoʻlida erishilgan muvaffaqiyat, yaxshi natija; yutuq.
- Gʻalaba qilmoq 1) gʻalabaga erishmoq.
Примеры
- Hirot darvozalari tepasi-da karnayu surnay, nogʻoralar avj qildi; sulton Shohrux mirzo lashkari gʻalaba bilan qaytib keldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Urush ham tugar, gʻalaba damlari ham yetib kelar.. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Bahslarda toshkentlik yosh charm qoʻlqop ustalari eng koʻp gʻalabaga erishib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. — Gazetadan.
- Uzbekistan oqsoqoli Yoʻldosh Oxunboboyev xalq hasharida qatnashgan barcha quruvchilarni katta gʻalaba bilan tabrikladi. — "Uzbekistan qoʻriqlari". Bahor bizni yana yangi mehnatga, ijodga, yangi kurash va yangi gʻa-labaga chorlamoqda. "Saodat".
- Fashizm ustidan gʻalaba qilmoq; — 2) baʼzi soʻz-lar bilan qoʻllanib — shu soʻz anglatgan narsaning ustun kelishi, "engishi" maʼ-nosini bildiradi.
- Avazxonni uyqu gʻalaba qildi. Qoʻlidagi kosa qars etib yerga tushdi.. — "Gulixiromon".
- Rashk gʻalaba qilib, oʻrtada janjal koʻtarilmasin, deydi.. — K. Yashin — Hamza.
- Ishq gʻalaba qilib, bagʻri tutashdi.. — "Tohir va Zuhra". .
Этимология
a. d Lg — zafar, muvaffaqiyat; toʻpolon, shovqin
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0