Толковый словарь
g‘ubor
ғубор
Значения
- . Chang, toʻzon kabilardan havoda saqlangan yoki narsa sathiga ingan mayda zarralar; gard.
- . Umuman, tiniqlik, ravshanlikni buzuvchi, xira qiluvchi (xiralashtiruvchi) zarralar.
- . Umuman, ravshanlik, tozalik, poklikni buzuvchi narsa (mas., dogʻ va b.).
- . Kishi ruhini (ruhiyatini) buzuvchi holat, dogʻ, xiralik.
- . Changsimon dogʻ; kul (oʻsimliklar kasalligi).
Примеры
- Doʻl shunday shiddat bilan yogʻardiki, goʻyo yerdan chang koʻtarilib, havoni gʻubor bosdi, kunduz qorongʻilashdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Paxta bitgan yerlaringni koʻrmoqchiman, Gʻuborini kiprigimga surmoqchiman.. — S. Akbariy.
- Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qoʻngan chang, gʻubor. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Saratonda muallaq qotgan gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushiga ohista choʻkdi. — "Saodat".
- Osmonda gʻubor yoʻq, tiniqdan-tiniq, Quyosh charaqlaydi nurini sochib. — Gʻ. Gʻulom.
- Qishloqdan chiqqanimizda, gʻubor ichida koʻringan togʻlar ham ancha yaqin kelib qoldi. — M. M. DoʻstLolazor.
- Bugun kun boʻladi ravshan va bedogʻ, Gʻubor yoʻqdir zarra havoda. — H. Olimjon.
- Tashqarida olamni jamiki gʻuborlardan poklamoqchidek, urib jala quyar edi. — M. Mansurov — Yombi.
- Zaynab Kumushning toʻlib yetmagan gavdasiga va oʻn olti yoshlar chamali gʻubor tegmagan husniga hayron boʻlib, mulohazasini aytishdan qoʻrqdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Dil ham bamisoli shunday: sevgi sharobiga qatra gʻubor aralashdimi — tamom. — M. Joʻra — Iztirob.
- Har qalay, kunduzlari chidasa boʻladi: bir-yarim yaxshi-yomonni koʻradi, undan-bundan ikki ogʻiz soʻzlashib, picha tafti chiqadi, gʻubori ariydi.. — X. Sultonov — Onamning yurti.
- "Suhbatda odam yoziladi, dam oladi, gʻubordan chiqadi.." derdi Yusufjon aka. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Bir marta toʻyib hidlasang, ichingdagi jami gʻuborni haydab chiqaradi. — S. Ahmad — Ufq.
- ..novdalarda ham, xuddi barglardagi singari, kulrang gʻubor paydo boʻladi. — Gazetadan.
Этимология
atab. – gard, chang, toʻzon
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0