Толковый словарь
g‘urur
ғурур
Значения
- Insonning oʻz qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs.
- Faxrlanish, mamnunlik tuygʻusi; faxr, iftixor.
- Faxrlanishga asos boʻladigan narsa, kimsa va sh.k. lar.
- Kibrlanish tuygʻusi, magʻrurlik, kibr-havo.
Примеры
- Yigitlik gʻururi. Qizlik gʻururi. vt
- Uning insoniy gʻururi, tabiatining nozikligi.. yordam soʻ-ramoqqa yoʻl qoʻymagan. — Oybek — Navoiy.
- Ahmad oʻrtogʻiga qoyil qolmadi. Erkak kishida gʻurur degan narsa boʻlishi kerak.. — F. Mu-sajonov — Himmat.
- Ziyolilar orasidan bir mard chiqib, oʻz milliy gʻururini himoya etish-ga harakat qildi. Bu kishi Sebzor dahasi-ning qozisi Muhiddinxoʻja Hakimxoʻja oʻgʻli edi. — "Fan va turmush".
- Shodligidan terisiga sigʻmaydi, koʻngli gʻurur ila mastona chayqaladi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Sanobar oʻgʻliga gʻurur va mehr bilan jilmayib qarab turar edi. — M. Xayrullayev — Koʻngil.
- -Qishlogʻimiz tuprogʻining sehri bor, — deydi qariyalar gʻurur bilan. — Yoshlik.
- Paxta — oʻzbek xalqi-ning milliy iftixori va gʻururi. n
- Murot-ali sevinch va gʻururi boʻlgan oʻrikning ta-nish va qadrli novdalariga shodiyona boqib, oʻrnidan turdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuch-li.
- Xalqimning qahramoni, gʻururi boʻlding. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Olifta boyvachcha kibr va ahmoqona gʻururi ila kresloda taltayganicha qoldi. — Oybek — Nur qidirib.
- Gapingning tuzi qur-sin, qizim! Gʻurur gʻurbatga solar, degan naqlning magʻzini chaqsang-chi. — J. Abdulla-xonov — Tong yorishgan sohilda.
- Kamtarin boʻl, hatto bir qadam Oʻtma gʻurur osto-nasidan. — E. Vohidov — Muhabbatnoma.
Этимология
a. — jaholat; xom (puch) xayol; manmanlik, magʻrurlik; kibr-havo
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0