Толковый словарь
ishg‘ol
ишғол
Значения
- Ishgʻol qilmoq (yoki etmoq) 1) zabt etmoq; qoʻlga olmoq; egallamoq.
Примеры
- Piyoda askarlarimiz.. hamla qilish uchun qulay pozitsiyalarni ishgʻol qilgan edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Oʻratepaning bu safargi ishgʻol etilishi alohida ahamiyatga ega edi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi; 2) band qilmoq, qoplamoq, egallamoq.
- Uning fikrini oʻz ishlari ishgʻol qilgan edi.
- Ular picha yurib, toʻrt-besh tanob joyni ishgʻol etgan bedazorga chiqishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Badianing xayolini bir lahza oʻsha, Xoʻja Yusuf Andigoniy kelgan bazm ishgʻol qildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Этимология
arab. – egallash, bosib olish; ish bilan band etish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0