Толковый словарь
ko‘ngil
кўнгил
Значения
- (asosan 3- - koʻngli)
- Kishining his-tuygʻu va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil.
- Feʼl-atvor, xarakter, xulq.
- Bir koʻngli - bir qur taxmin qilib, ichida gumonsirab, bir xayol bilan.
- Koʻngil bermoq - 1) berilmoq, mehr qoʻymoq.
- Koʻngil yozmoq (yoki ochmoq) - gʻam-gʻussani tarqatmoq, unutmoq, xursandchilik qilmoq, oʻyin-kulgi, sayr bilan dilgirlikni tarqatmoq.
- Koʻngil yormoq - dilidagi gaplarni aytmoq.
- Koʻngil ovlamoq - 1) oʻziga moyil, rom qilishga intilmoq.
- Koʻngil soʻramoq - kishi boshiga biror musibat yoki tashvish tushganda, undan hol-ahvol, kayfiyat va shu kabilar haqida soʻramoq.
- Koʻngil uzmoq - bahridan oʻtmoq, kechmoq, ajralmoq, tashlab ketmoq.
- Koʻngil uchun - hurmat yuzasidan; hech boʻlmasa, shunchaki, til uchida.
- Koʻngil xushi - oʻzining xursandligi, vaqtichogʻligi uchun xizmat qiladigan ish-harakat yoki narsa; xursandlik, vaqtichogʻlik vositasi.
- Koʻngil qoʻymoq (yoki bermoq) - mehr-muhabbat bogʻlamoq, sevmoq.
- Koʻngilga tugmoq - tugmoq.
- Koʻngli aynimoq - toʻsh oldi sohasi va halqumda oʻziga xos noxushlik his etmoq; behuzur boʻlmoq.
- Koʻngli bor - 1) xohishi, mayli bor; moyil.
- Koʻngli buzilmoq - kayfiyati buzilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, qaygʻuga choʻmmoq; dili ogʻrimoq, dili gʻash tortmoq.
- Koʻngli buzuq - 1) fikri, niyati yomon, yomonlik qilishni oʻylovchi; 2) gʻamgin, ruhan ezilgan, koʻngli yarimta.
- Koʻngli boʻlmaslik - koʻngliga toʻgʻri kelmaslik, biror ishni bajarishga botina olmaslik; maʼqul koʻrmaslik.
- Koʻngli boʻshamoq - gʻam-tashvishdan yengillanmoq, koʻngli yorishmoq.
- Koʻngli joyiga (yoki Oʻrniga) tushmoq - xotirjam boʻlmoq, tinchlanmoq; taskin topmoq.
- Koʻngli yoʻq - 1) mayli, xohishi yoʻq; moyil emas, istamaydi.
- Koʻngli keng - 1) har narsaga siqilavermaydigan, tashvish tortavermaydigan.
- Koʻngli koʻtarilmoq (yoki oʻsmoq) - ruhlanmoq, ruhi, kayfiyati koʻtarilmoq, ruhi yengil tortmoq; xursand boʻlmoq.
- Koʻngli koʻtarmaydi - 1) xohlamaydi, yoqtirmaydi, tabiatiga toʻgʻri kelmaydi.
- Koʻngli ochiq yoki Ochiq koʻngil - 1) istagini, xafa yoki xursandligini yashirmaydigan; tortinmay gaplashaveradigan.
- Koʻngli oq yoki Oq koʻngil - birovga yomonlikni istamaydigan; begʻaraz, yuragi toza, sofdil.
- Koʻngli ogʻrimoq - xafa boʻlmoq, ranjimoq.
- Koʻngli sovimoq (yoki qolmoq, qaytmoq) - avvalgi yaxshi munosabati, mayli yoʻq boʻlmoq, ixlosi qaytmoq, sevmaydigan, yoqtirmaydigan boʻlib qolmoq.
- Koʻngli sof (yoki toza), Sof (yoki Toza) koʻngil - Koʻngli oq.
- Koʻngli sust ketdi - juda ham havasi keldi, totib koʻrgisi, yegisi yoki ichgisi keldi.
- Koʻngli tinchidi - tinchimoq 1.
- Koʻngli tor - 1) har narsaga siqilaveradigan, tashvishlanaveradigan; serjahl; 2) xasis, ziqna.
- Koʻngli tosh yoki Tosh koʻngil - rahm-shafqati yoʻq, berahm, shafqatsiz; bemuruvvat.
- Koʻngli toʻlmoq - mamnun boʻlmoq; qanoat hosil qilmoq, tinchlanmoq.
- Koʻngli toʻq - gʻam-tashvishdan xoli, xotirjam.
- Koʻngli xira - Taʼbi xira xira.
- Koʻngli chopmoq - 1) tabiatiga, didiga mos kelmoq, muvofiqdeb bilmoq, yoqtirmoq.
- Koʻngli choʻkmoq - ruhi tushib ketmoq, umidsizlikka berilmoq; oʻksimoq, afsuslanmoq.
- Koʻngli yumshamoq - achinib rahmi kelmoq; achchigʻidan, qahridan tushmoq.
- Koʻngli yumshoq yoki Yumshoq koʻngil - yumshoq 4.
- Koʻngli yarim(ta) - gʻam-tashvish bilan ruhan ezilgan, dilshikast.
- Koʻngli oʻksimoq - xafa boʻlmoq, maʼyuslanmoq.
- Koʻngli qattiq yoki Qattiq koʻngil - Koʻngli tosh.
- Koʻngli qora - Ichi qora ich 3.
- Koʻngli gʻash - taʼbi xira, biror narsadan tashvishli, bezovta, notinch.
- Koʻngliga kelmoq - 1) oʻzicha oʻylamoq, xayolidan oʻtmoq.
- Koʻngliga ogʻir olmoq - arzimagan narsaga xafa boʻlmoq; oʻziga tahqir deb tushunmoq.
- Koʻngliga tegmoq (yoki urmoq) - Chakkaga tegmoq chakka I.
- Koʻngliga qaramoq - raʼyiga, xohish-istagiga muvofiq ish tutmoq.
- Koʻngliga qil (ham) sigʻmaydi - Yuragiga qil (ham) sigʻmaydi yurak.
- Koʻngliga qoʻl solib koʻrmoq - qoʻl.
- Koʻnglida kiri yoʻq - 1) Koʻngli oq; 2) Koʻngli ochiq.
- Koʻnglidan kechirmoq (yoki oʻtkazmoq) - xayolidan oʻtkazmoq, oʻylamoq.
- Koʻnglidan chiqarmoq - 1) butkul unutib yubormoq; oʻylamay, eslamay qoʻymoq.
- Koʻnglini buzmoq - xafa, gʻamgin qilmoq, gʻamga botirmoq.
- Koʻnglini koʻtarmoq (yoki oʻstirmoq) - dilini chogʻ qilmoq, xursand qilmoq, yaxshi kayfiyat bagʻishlamoq; ruhlantirmoq.
- Koʻnglini olmoq - 1) xursand qilmoq.
- Koʻnglini ogʻritmoq - xafa qilmoq, ranjitmoq.
- Koʻnglini topmoq - istak-xohishiga mos tushadigan ish yoki harakat bilan oʻziga moyil qilmoq, oʻzidan xursand qilmoq.
- Koʻnglini eritmoq - dilini, qalbini eritmoq, yumshatmoq.
- Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas - kishi biror narsaga oʻrganib, odatlanib qolsa, garchi u ziyon boʻlsa ham, uni tark etolmaydi, degan maʼnoda ishlatiladigan matal (asosan yaramas odatlar haqida).
Примеры
- Koʻnglida yaxshi niyatlari koʻp.
- Koʻnglim quvonchlarga toʻldi.
- Baxt, iqbol, farovonlik orzulari koʻngilda toʻla, ammo bu damda bir parcha chapatiga zorlik qanday musibat. — Oybek — Nur qidirib
- Zaynab: tariqdek yomonlik boʻlsa, ertagacha yetmayin. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Nigoraning koʻnglini qandaydir gʻamgin his-tuygʻular egallab oldi. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Aslida esa hozir uning koʻnglida bir-biriga zid, asov tuygʻular junbishga kelib, jismu jonini goh bezovta qilsa, goh halovatli kechinmalarga gʻarq etayotgan edi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Jahldan tushgandan keyin yana yumshab qolasiz, rais, koʻnglingiz boʻsh. — Said Ahmad — Qadrdon dalalar
- Bir koʻngli, bu gapni qozi topib kelgandir, deb oʻyladi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Borgan yerigacha kuydirib bordi. Bir koʻnglim, "Zahar berib qoʻydimi?" deb qoʻrqdim. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Yaxshilik koʻr, yomonlikni koʻrmagin, Bevafo dunyoga koʻngil bermagin. — "Oysuluv" 2) sevmoq;
- Men tunukasoz ustamning qiziga koʻngil bergan edim.. — Komil Yashin — Hamza
- Bir nechuk nomardga koʻngil bermagin.. — "Alpomish"
- Bamaʼni odam bilan gaplashib, koʻngilni yozmoq.
- Malika koʻngil yozish uchun tez-tez ovga chiqar ekan. — "Bulbuligoʻyo"
- Qoʻshiq kishining koʻnglini ochadi. — Nazir Safarov — Sharq tongi
- Shuning uchunmi.. dardini kimga aytish-ni bilmay qolgan kezlarda Avaz Mutribni sogʻinadi, unga koʻngil yoradi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Koʻzingni suzib, ovloqda Poʻlatjonning koʻnglini ovlab yurgan emishsan. — Said Ahmad — Qadrdon dalalar 2) birovni xursand qilishga, kayfini chogʻ qilishga harakat qilmoq.
- Toʻraxoʻja oʻrtoqlarining koʻnglini ovlashni biladigan, oʻta madaniyatsh bola edi. — Dadaxon Nuriy — Osmon ustuni
- ..Ali meshkobchi keyinchalik Nizomiddinning hibs etilib, Ixtiyoriddinga tashlanganini eshitib, erta bilan kelib, Meʼmorning koʻnglini soʻradi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Yodgorboyning.. nobud boʻlganidan bular bexabar ekan, toʻgʻri kelib, kampirdan koʻngil soʻrabman. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Bir yogʻi bular, qolaversa, volidamizning qabrlaridan koʻngshg uzolmay, Kapsanchilarda qolib ketdim. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Shahidbek goʻyo koʻngil uchun yana: -Koʻp yaxshi ekan! - deb qoʻydi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Qiz boʻlsa ham, koʻngil xushi, farzand kerakdur yigitga. — "Qoʻshiqlar"
- Yigit shu qizga koʻngil qoʻydi.
- -Koʻngil berganimni, yaxshi koʻrganimni oʻlganidan keyin yana ham aniq bildim. Hech kimdan uyalmay, bagʻrimga bosib yigʻladim, - dedi Hoji xola. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Yoqimsiz hiddan koʻngli aynidi.
- Shu yerda qolib ishlashga koʻngli borligini birdan aytishga boʻyni yor bermay oʻylandi. — Hakim Nazir — Odamning qadri 2) yaxshi koʻradi, sevadi.
- Unday desa, Soliyaning pichingida ham jon bor. Axir ilgarilari "aka" demas ediku? Koʻngli bormikin-a? — Sunnatilla Anorboyev — Sherali sevib qoldi
- Dutor chalib oʻtirsam, Ipi uzilib ketdi, Yor seni oʻylab tursam, Koʻnglim buzilib ketdi. — "Qoʻshiqlar"
- Akasining bu harakatidan Raʼnoning koʻngli buzilib, qovogʻini soldi-yu, arazlagancha hovliga tushib ketdi. — Hakim Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar
- Xondan boshqacha muomala kutgan Zuhra begim toʻsatdan koʻngli buzilib, koʻziga yosh oldi. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
- Koʻngli buzuq boʻlsa, bolam, shod ayla, Yiqilganni, bolam, sen bosiboʻtma. — "Ravshan"
- Ibn Yamin.. ustozining vafotidan soʻng, uning oilasini tashlab ketishga koʻngli boʻlmadi. — Komil Yashin — Hamza
- Yigʻlab-yigʻlab, koʻngillari ancha boʻshagandan keyin: -Hasanjon.. bularni qayerdan topdinglar [dedi]. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Gʻulomjon.. hali qoʻshnisi terim boshlamaganini koʻrib, koʻngli ancha joyiga tushdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Aslida Shodmon otaning beshikka koʻngli yoʻq edi. — Hakim Nazir — Koʻrmana 2) yaxshi koʻrmaydi, sevmaydi.
- U koʻngli keng, vazmin boʻlishni, ancha-muncha narsani ichiga bemalol sigʻdirib, hech narsa koʻrmagandek boʻlib yurishni havas qiladi. — Pirimqul Qodirov — Uch ildiz 2) olihimmat, saxovatli.
- Sidiqjon.. isitmasi tushganidanmi yoki kampirning mehribonchiligidanmi, koʻngli koʻtarilib, taʼbi ochilganidanmi, juda yengil tortdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Qarindoshlar, qoʻshnilar - hech kim yoqmas, hech narsani koʻngli koʻtarmas, hech narsani istamas edi. — Oybek — Nur qidirib 2) hazm qilolmaydi; yeb-icholmaydi.
- Yogʻli ovqatni koʻnglim koʻtarmay qoldi.
- Yoʻlchining koʻngli ochiq, sodda yigit ekanini bilib, bolalar birin-sirin yaqinlasha boshlaydilar. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) har narsaga xafa boʻlavermaydigan, gina saqlamaydigan; begʻaraz.
- ..odamlarga juda mehribon, koʻngli ochiq, qotmagina chol edi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qum
- Oq koʻngil odam.
- -Salimboyvachchadan qilcha shubhalanmang, - qatʼiy dedi Tantiboyvachcha, - uning koʻngli oq. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Doʻstidan koʻngli sovidi.
- [Abdishukurning] Keyin Madrasa ilmlaridan koʻngli soviy boshladi, chunki imom boʻlish uni sira qiziqtirmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- [Gulnor:] Oʻzimdan ortiq sizga ishonaman. Siz koʻngli toza yigit, bilaman. — — Oybek — Tanlangan asarlar
- Anorga koʻnglim sust ketdi.
- [Fotima:] Zolim, rahmsiz, tosh koʻngil! — Sadriddin Ayniy — Qullar
- Muhiddin aka.. allanimadan xursand boʻlib, koʻngli toʻlib chiqib ketdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Elga qoʻshilganning koʻngli toʻq, eldan ajralganning beti yoʻq. — Maqol
- -Bektemirdan koʻnglim toʻq, - dedi Ali tajang, - kallasi ishlaydi. — Oybek — Quyosh qoraymas
- Ishonchlaringizni oqlayman, koʻngillaringiz toʻq boʻlsin. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- U smena oxirida.. bir oz yengil tortdi-yu, lekin koʻngli hamonxira edi. — Asqad Muxtor — Tugʻilish
- [Gulsumbibi:] Duradgor yigitning onasi qatnay-qatnay, tinka-madori quridi. Ayniqsa, oʻshanga koʻnglim chopgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) biror narsaning roʻyobga chiqishiga, amalga oshishiga ishonmoq.
- -Qaygʻurma, Oftob.. kuyoving bunchalik suluv boʻlsa.. chimildiqda pechakguldek boʻlib, eriga chirmashganini koʻrarmiz! -Oh, opajon, - dedi umidsizcha oyim, - mening bunga koʻnglim chopmaydi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Bolaning koʻngli choʻkdi.
- Hayotning koʻngli choʻkib ketdi, lekin.. umid ipini uzgisi kelmadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Mehri yurak-yuragidan ezsilib, dadasi-ning koʻnglini yumshatish yoʻllarini qidirardi. — Sharof Rashidov — Boʻrondai kuchli
- -Qoʻy endi, ozor berma, koʻngli yarimta, - degan edi, Asrorqul qayta avj oldi: -Koʻngli yarimta boʻlsa, miyasi ham yarimtami? — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Qizning atrofga javdirab turgan koʻzlari xomush yerga boqdi. Qiz koʻngli oʻksidi. — Said Ahmad — Mehribon
- Shu yoshga kelib, otalik mehrini juda kam koʻrsatgan qattiq koʻngil otaning yuragi birdan erib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Qaysi koʻngli qoradan chiqdi bu gaplar? — A. Muhiddin — Koʻngillar
- Koʻngli gʻash, boyagi quvonchli, shirin, ammo tagi yoʻq xayollardan asar ham qolmagan edi. — Odil Yoqubov — Muqaddas
- Zoʻrlikni koʻngilga keltirmang. — Sh. Toshmatov — Erk qushi
- Oʻzing bilasan. Axir shunday boʻladi, deb koʻnglimga keltiribmanmi?! — Parda Tursun — Oʻqituvchi 2) xafa boʻlmoq.
- Bu gapingiz notoʻgʻri, qori, sizning ilmingiz eskicha ilm.. Koʻnglingizga kelmasin-u, izvoshga eshak qoʻshib boʻlmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Qoʻying-chi.. oʻzingiz har bir narsani koʻnglingizga ogʻir ola berar ekansiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qalmoqlarning koʻzicha, sen mendan zoʻr boʻlgin, qanday siyosat qilib gapirsang ham, men koʻnglimga ogʻir olmayman. — "Alpomish"
- Bular hammasi ham koʻngilga urdi, shekilli, gulzorlar boʻylab bogʻni aylana boshladi. — Oydin — Fonar tagida
- Mana shunaqa-da, bolaning koʻngliga qarayversangiz, haddidan oshib ketadi. — Oydin — Oʻzi monand
- Yuragida bori yuziga tepib turadigan bunday kishilarni, koʻnglida kiri yoʻq, deb maqtaydilar. — Pirimqul Qodirov — Uch ildiz
- "Endi bu hayot nimaga kerak?" degan fikrni koʻnglidan kechirgandi. — Ofil Yoqubov — Tilla uzuk
- "Tegirmonga tushsa, tirik chiqadigan odam", deya koʻngildan oʻtkazardilar. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Aslida esa Xolmurod sevgan qizidan hali-veri judo boʻlishni ham, u ni koʻnglidan chiqarib yuborishni ham istamasdi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi 2) ilgari xafa qilgan kishisini uzr tarzida xursand qilmoq, xafaligini, gina-kuduratni tarqatmoq.
- Bola bechoraning dilini ogʻritgan edim.. Oʻlmasam. bir yaxshi ish qilib, koʻnglidan chiqarib yuboraman. — Said Ahmad — Qadrdon dalalar
- Bir yosh ayolning gʻam va hasrat bilan toʻla "yor-yor"i alohida eshitilar, odamning koʻnglini buzar edi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Bemorning koʻnglini koʻtarib, kechqurun uyiga qaytdi. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Birovi yillab saqlagan yilqi moyi topib kelib, toʻpigʻini silaydi, birovi qiziq-qiziq gaplar aytib, koʻnglini koʻtaradi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- -Xafa boʻlmang, Toʻxta xola, koʻpga kelgan toʻy, - dedi Bozorov, uning koʻnglini koʻtarish uchun. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Bu gap Jumanning koʻnglini oʻstirib yubordi. — Asqad Muxtor — Tugʻilish
- Men birov bilan oshnachilik qilsam, undan jonimni ham ayamay, koʻnglini olmoqqa tirishaman. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) birovning sevgisini qozonmoq, oʻziga mehr-muhabbat uygʻotmoq, rom qilmoq.
- [Sidiqjon:] Bunaqa qoʻshmachilik sizlardan keladi. Inʼomjonga "Qizimning koʻnglini ol, eridan chiqarib, senga beraman", degan kishidan keladi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Uka, men uch-toʻrt kundan keyin Fargʻonaga joʻnayman. Lekin san cholning koʻnglini zarracha ogʻritma, durustmi? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Kattarogʻini aka de - qoʻltigʻiga kir, kichikrogʻini uka de - qoʻltiqqa ol, koʻnglini top. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0