Толковый словарь
ko‘p
кўп
Значения
- Son, miqdor jihatidan, meʼyordan yoki nisbatan ortiq.
- Vaqt eʼtibori bilan ortiq, uzoq vaqt davomida; uzoq.
- Oradan uzoq vaqt oʻtmasdan, tez-tez, dam-badam.
- Ortiq darajada, ortiq; juda, gʻoyatda.
- ot vazifasida. Koʻp kishilar, koʻpchilik.
Примеры
- Koʻp kitob.
- Koʻp odam.
- Ular bizdan koʻp.
- Shunaqa koʻp latifa, choʻpchak, maqol biladiki.. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Bolalik kunlarimda, uyqusiz tunlarimda Koʻp ertak eshitgandim, Soʻzlab berardi buvim. — Hamid Olimjon
- Kichkina chugʻurchuqlar shuncha koʻp qoʻndilarki, daraxtlarning shoxlari, qishda qalin qor bosgandagi singari, yerga salom berib qoldi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Koʻp kutmoq.
- ..Oʻzing bilasan, bolam. Koʻp oʻtirma. — Oybek — Tanlangan asarlar
- U [Otabek] Marg‘ilonda koʻp toʻxtamas, bir kun, uzoqqa tortilsa, ikki-uch kun turib qaytar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Esimda bor, koʻp boʻldi, yoshlik chogʻimda shahardagi simkorlar ish tashlaganlar. — U. Ismoilov — Saylanma
- Men uni koʻp koʻraman.
- Ular biznikiga koʻp kelishadi.
- Boʻyim yetib, aqlim kirgan sayin, ilularni koʻproq oʻylaydigan boʻlib qoldim. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Boyoqish koʻp yaxshi odam edi, insofli, hamiyatli edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- [Qozi boyga:] Mingboshi dodho sizga qilgan beadabligidan koʻp pushaymon. — Hamza — Boy ila xizmatchi
- Bahor, sogʻintirding axir koʻp uzoq! — Abdulla Oripov — Yillar armoni
- Koʻpdan quyon qochib qutulmas. — Maqol
- Koʻpga kelgan toʻy.
- Balki shuning uchun koʻplar tayyor uy turganda, imorat solaman, deb shahar chekkasiga yugurar. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solGap koʻp - biror narsaning mohiyatan, amalda ahamiyati katta, juda muhim xususiyatlarga ega ekanini qayd etadi.
- Tibbiyotda aniq va tez fursatda diagnoz qoʻyishda gap koʻp. — GazetadanKoʻpga bormaydi - koʻp davom etmaydi, uzoqqa choʻzilmaydi, tez barham topadi.
- Bunday muloyimlik koʻpga bormaydi. — Ergash Raimov — Ajab qishloqKoʻpga kelgan toʻy - toʻy.Koʻpi bilan yoki Koʻp deganda - koʻp boʻlsa, eng uzogʻi bilan.
- Xoʻp desangiz.. koʻpi bilan uch-toʻrt kechada saranjomlab tashlayman. — Abdulla Qaqhor — Qoʻshchinor chiroqlariKoʻpni koʻrgan - koʻp voqea-hodisalarni boshidan kechirgan, koʻp turmush tajribasiga ega.
- Siz koʻpni koʻrgansiz. Sizni eshitsak, aqlimizga aql qoʻshiladi, otaxon, soʻzlayvering. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Gavharning qarshisida, boya oʻzi o‘ylagandek, olifta kiyinishni yaxshi koʻradigan qiz emas, koʻpni koʻrgan, turmushning pastu baland soʻqmoqlaridan oʻtib kelgan inson oʻtirardi. — Hoshimov — Qalbingga quloq solXudo koʻp koʻrdi - biror odam yoki narsadan ayrilganda ishlatiladigan ibora.
- [Iqbol:] Birgina koʻngil chirogʻim siz edingiz. Xudoyim sizni ham manga koʻp koʻrsa.. — N. Safarov — Uygʻonish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0