Толковый словарь
ko‘rinmoq
кўринмоқ
Значения
- Koʻrmoq fl. oʻzl. n.
- Koʻz oldida namoyon boʻlmoq, paydo boʻlmoq.
- Koʻzga koʻrinmoq 1) tasavvurda gavdalan-moq, xayolda namoyon boʻlmoq.
- Harbiy toʻntarilishning birinchi kunlari-dayoq koʻzga koʻringan bir necha artist, rejissyor, operator va aktyorlar halok boʻldi. Gazetadan.
- Tasavvur qilinmoq, tuyulmoq; oʻxshab ketmoq.
- Oʻzini shifokorga koʻrsatmoq, shifo-kor koʻruvidan oʻtmoq.
- Koʻziga hech narsa koʻrinmaydi Asabiy-lashish, gʻazablanish va sh. k. natijasida hech narsaga eʼtibor qilmaydi; hamma narsa-dan kechdi.
Примеры
- Sha-har uzoqdan koʻrinib turibdi. Shu kunlarda nega kam koʻrinasiz? sht Boyagi sovchilar bu favqulodda muomalani koʻringan birovga dostoy qilib oʻqiydilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bu Kanizakning unga qiladigan har bir muomalasidan ochiq-oydin koʻrinib tur-sa ham.. bunga hech kim ahamiyat bermas edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ostonada Qora Ahmad koʻrindi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shu savol boshiga kelganda, koʻziga toʻsatdan Kanizak koʻrinib, Sidiqjonning yuragi oʻynab ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) el-yurtga tanilmoq; maʼlum-mashhur boʻlmoq.
- Koʻzga koʻringan olim. m
- Mening ham bolam odam boʻldi, koʻzga koʻrindi. — "Yodgor".
- Ona Normatning boʻyiga tikilib qaradi. Kechagina maktabga qatnab yurgan bola bugun onaning koʻziga sher yigit boʻlib koʻrindi. — I. Rahim. Chin muhabbat.
- Avvsiiari bu ish [samovarchshshk] hammaga biram erish koʻrindi, biram gʻalati tuyuldiki, bolam be-chora Abror nomuslarga oʻldi. — A. Qahhor — Ac-pop bobo.
- Yodgorning nazarida uy yanayam sovib ketgandek koʻrindi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bizuning betob boʻlga-nini eshitib, koʻrgani bordik.. doktorga koʻringanmi, yoʻqmi, soʻradik. — M. Ismoiliy — Inson husni.
- Rahimberdining asablari oʻt boʻlib yondi, koʻzlariga hech narsa koʻrinmadi. — X. Toʻxtaboyev — Felyetondan soʻng.
- Mansurning oʻzi emasmidi, kunora xatingizni olmasam, hech nima koʻzimga koʻrinmaydi, degan? — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0