Толковый словарь
ko‘rmoq
кўрмоқ
Значения
- Koʻrish qobiliyatiga ega boʻlmoq, kishi va narsalarning, borliqning koʻrinishi qandayligini farqlay bilmoq.
- Koʻz bilan ilgʻamoq, koʻz vositasida aniq farqlamoq, sezmoq, bilmoq.
- Tanishish, bilish, anikdash va sh. k. maqsadda koʻzdan, nazardan kechirmoq; nazar solib tekshirmoq; qaramoq.
- Biror toʻxtamga kelish, chora belgilash uchun muhokama qilmoq.
- Duch keltirmoq, uchratmoq.
- Hol-ahvol soʻrab yoʻqlamoq.
- Boshdan kechirmoq; tajribadan oʻtkazmoq.
- Biror kimsa yoki narsaga ega boʻlmoq, erishmoq, yetishmoq.
- Tomosha qilmoq, tomoshabin sifatida kuzatmoq.
- Yuz bergan voqeaga boshqa kishi yoki narsani sabab qilib koʻrsatmoq.
- Tajribada sinamoq, sinab bilmoq.
- Payqab olmoq, ilgʻamoq, tuymoq.
- Biror narsani taʼkidlash va unga diqqat-eʼtiborni jalb etish uchun qoʻllanadi.
- Ayrim soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan ish-harakatni amalga oshirmoq maʼnosini bildiradi.
- ..deb hisoblamoq, bilmoq; ..deb qaramoq, tushunmoq.
- Harakatning sinash uchun bajarilishini, bajarmaslik haqida ogohlantirishni bildiradi.
Примеры
- Ikromning dadasi Toʻymat akani, koʻzingiz yaxshi koʻrmas ekan, deb olishmadi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Otamning bir koʻzi koʻrmay qoldi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Lekin rashk qitiqlagan kezlarda chehrang oʻzgaradi. Men buni oʻz koʻzim bilan koʻrganman. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Fotimani ustanikidan chiqib kelayotganini koʻrganlar avval hayron boʻlishdi. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Vrach kasalni koʻrdi. Kitobni koʻrmoq.
- Mallavoy aka.. chorigʻini chiroqqa solib koʻrdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Vakilning oʻgʻil bolasi rais bilan suhbatlashib, planni koʻrib, palov toʻrani yeb, yoʻliga ravona boʻladi. — "Guldasta"
- Aka, tezroq koʻrib bering, shoshib turibman. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Birovning arizasini koʻrmoq.
- Bu masalani majlisda koʻramiz.
- Sal kech qol-ganingda, koʻrolmay, armonda ketardim. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Voy, haromi noinsof! Men bunday moʻltonini sira koʻrganim yoʻq edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bemorni koʻrmoq.
- [Unsin:] Gulnor opani unutmayman sira, uni koʻrgani tez-tez kelib turaman. — Oybek — Tanlangan asarlar
- [Qurbon ota:] MTSga kelganida, [Oʻrmonjon] meni koʻrmasdan ketmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- U koʻp qiyinchiliklarni koʻrgan kishi,
- -Har qancha darbadarlik boʻlsa, men koʻrganman, oʻgʻlimga qolgani yoʻq, - dedi Sidiqjon. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Yigitlikda bizning boshimizdan oʻtgan sarguzasht shun-doq boʻlgan, oʻgʻillarim. Bizning koʻrganlarimiz qursin. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Davlat koʻrmoq.
- Yaqin toʻrt oycha umr qildik. Umrimda xotin koʻrganim ham shu. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Kampir.. eshikka qaradi: -Voy, ogʻzingizga yogʻ, oʻgʻlim! Kelin koʻradigan kunim ham bormikin! — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Men-ku yilda besh gaz chit koʻrmayman, kelishingizda shu bechoraga bir narsa olib kelsangizchi sizham odam boʻlib! — Abdulla Qahhor — Mayiz yemagan xotin
- Men ham orzu-havas koʻraman, deb siz bilan bir yostiqqa bosh qoʻyganman. — Samar Nurov — Narvon
- Bosh boʻling, suv chiqaraylik, ekin qilaylik, oz boʻlsayam, ogʻzimiz osh koʻrsin. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bolalar televizor koʻrmoqda. Kecha yangi kino koʻrdik.
- Esingda bormi, rayondan teatr koʻrib kelayotgan kechamiz aravada Sotiboldi, ashula aytamiz, deb Kanizakni qistadi, koʻnmagandan keyin, sochidan tortdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Kitobni oʻzi yoʻqotib, mendan koʻrayotir. Oʻzing qilib, birovdan koʻrma!
- Charosni tinch qoʻyasiz. Boʻlmasa, oʻzingizdan koʻring. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Yer sotganlarning koʻpini koʻrdik, oxiri gadoy boʻladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Veksel degan soʻz chiqdi. Uni ham koʻrdik, benihoyat zarur narsa. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Katta koʻrmaganni kichik koʻradi, kichik koʻrmaganni katta koʻradi, ikkalasi birgalashib qarasa, hech narsa koʻzdan qochmaydi, deydi xalq. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Dafʼatan qulogʻiga chalinib qoladigan gap-soʻzlarda, baytu gʻazallarda endi butunlay oʻzgacha maʼno koʻradi. — Xayriddin Sultonov — Onamning yurti
- Omon mustaqil fikrli, choʻrtkesar, uzoqni koʻra oladigan, tadbirkor, yaxshi doʻst edi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qum
- Shirinligini koʻr! [Nabigulning akasi:] -Didni koʻring-a, trafaretning rangiga mos abajur! — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittak
- Boltaboy "koʻrdingmi, yashirmaydi" degan mazmunda Sidiqjonning tizzasini bosib qoʻydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Zamonning teskariligini koʻring! Shohimardonga ochiq kelolmasam! — Komil Yashin — Hamza
- Chora koʻrmoq. Hozirlik koʻrmoq.
- Brigada aʼzolari ayni vaqtda paxta yigʻim-terimiga har taraflama qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqdalar. — Gazetadan
- Loyiq koʻrmoq.
- Muvofiq koʻrmoq.
- Ravo koʻrmoq.
- Oz boʻlsa ham, koʻp oʻrnida koʻring.
- U yigitni oʻziga teng koʻrmadi.
- Barchani baravar koʻrmoq.
- Men seni oʻz ukamday koʻraman.
- [Yoʻlchi:] Singlim, oʻz uyingday koʻr, tortinma. Kampirning yumushlariga qarash. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Kamol qozi ham Safoxon toʻraning gaplariga eʼtiroz bildirmaslikni maʼqul koʻrdi, shekilli, tek quloq solib turardi. — Komil Yashin — Hamza
- Sinab koʻr.
- Oʻylab koʻr.
- Soʻrab koʻraman.
- Ayta koʻrma.
- Bora koʻrmasin.Yelkamning chuquri koʻrsin - yelka.Ish koʻrgan - ish.Ish koʻrmoq - ish yuritmoq, ish tutmoq.
- Bundoq kallani ishlating, tulkidek ayyor, mushukdek mugʻambir boʻling, zimdan ish koʻring. — Komil Yashin — HamzaKun koʻrmoq - hayot kechirmoq.
- Uning kasbi yamoqchi boʻlib, zoʻrgʻa kun koʻrar ekan. — "Guldasta"Koʻpni koʻrgan - koʻp.Koʻrarga koʻzi, otarga oʻqi yoʻq - haddan tashqari yomon koʻradi.
- -Oʻzimning ham toʻrani koʻrarga koʻzim, otarga oʻqim yoʻq, - dedi chilim tortib turib Rustam aka. — Jumaniyoz Sharipov — XorazmKoʻrgani (yoki koʻrishga) koʻzi yoʻq - juda yomon koʻradi.
- Sherali bunday loqayd odamlarni koʻrarga koʻzi boʻlmasa-da, hoziroʻzini mumkin qadar bosdi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qumTuya koʻrdingmi - yoʻq - oʻzini hech narsa koʻrmagan, bilmagan qilib koʻrsatish lozimligini taʼkidlash uchun ishlatiladigan matal.
- [Baqqol:] Iloji boʻlsa, yamatganingizni aytmang, koyib-netib yurmasin tagʻin. Tuya koʻrdingmi - yoʻq, vassalom. — Oybek — Tanlangan asarlarUzoqni koʻrmoq - uzoq.Xoʻja koʻrsinga - xoʻja.Yuz koʻrmas boʻlib ketmoq - yuz I.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0