Толковый словарь
ko‘tarilmoq
кўтарилмоқ
Значения
- Koʻtarmoq fl. oʻzl. va majh. n.
- Yuqori tomonga harakatlanmoq.
- N. Fozilov, Diydor.
- Amal-vazifa jihatdan yuqorilamoq; mansabi oshmoq, martabasi ortmoq. Kamlali bola ekan, mana, oʻz ustida ishlab, koʻta-rshshb ketdi. "Guldasta".
- Kuch, daraja va sh. k. jihatdan oshmoq.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan ish-harakat, hodisaning yuz be-rishini, yuzaga kelishini bildiradi.
- Ayrim soʻzlar bilan birikkanda, yoʻq boʻlmoq, tarqalmoq maʼnosini bildiradi.
- Koʻngli koʻtarilmoq Kayfiyati chogʻ boʻlmoq.
Примеры
- Parda koʻtarildi. Koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Bemorning harorati koʻtarildi. tsh Qirq ming gaz koʻtaril, zolimning dori! — "Rustamxon".
- Tomga koʻtarilmoq. Qirga koʻtarilmoq. Osmonga koʻtarilmoq. yat Kaptarlar juda baland koʻtarilib, koʻzdan gʻoyib boʻlibdilar. — "Chal-pak yoqqan kun".
- Ziyobek boy uyidan chiqib, yoʻngʻichqazorga kelganda, kun allaqachon bo-tib, oy terak boʻyi koʻtarilib qolgan edi.
- Tutun va kukun koʻkka koʻtarilib, qishloq havosini boʻgʻib qoʻygan. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Murod Nosirovich.. koʻtarilib ketgan boʻlsalar ham, maktabi-mizga tez-tez kelib turadilar. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Kunlar ancha uzayib qoldi, havoning harora-ti kun sayin koʻtarilib, borliq mavjudot jonlana boshladi. — Gazetadan.
- Otlar oʻlchovli qadam tashlab.. ilgari bosarkan, yigitlar-ning goh koʻtarilib, goh pasayadigan mungli ashulalari ostida mingboshi dodhoning miya-si shu xsh1 fikrlar bilan tashvishlanardi. Choʻlpon, Kecha va kunduz.
- Kulgi koʻtarildi. Shamol koʻtarildi. Shovqin koʻta-rildi. yat Bir muddat oʻtar-oʻtmas, dashtda toʻs-toʻpolon koʻtarildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Katta janjal koʻtarilishiga koʻzi yetib, shay boʻlib turdi. — K. Yashin — Hamza.
- Yodidan (xayolidan) koʻtarilmoq. Baraka koʻtarildi. yaya Yurtdan insof-adolat koʻta-rilgan.'OShek, — Navoiy.
- Lekin shu kunlardan boiiab Sobirning xayolidan bosh muharrir-ning soʻzlari koʻtarilmay qoldi. — O. Moʻmi-nov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- U kechagi farogʻatli damlarni yana esla-di-yu, koʻngli koʻtarildi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0