Толковый словарь
ko‘tarmoq
кўтармоқ
Значения
- Yerdan yoki yotgan joyi-dan uzib, ajratib olmoq.
- Yerdan uzilgan, ajralgan holda tut-m.oq, qoʻlda tutmoq.
- Oʻz ustida tutgan holda yurish-tortish, eltish qudratiga ega boʻlmoq.
- Yuqori, baland holatda tutmoq, yuqoriga chiqarmoq.
- Qoʻl koʻtarmoq 1) qoʻlini yuqori holatda (boshdan yuqorida) tutmoq; 2) birovni urishga shaylanmoq; 3) majlisda biror masala yuzasidan oʻz roziligini bildirmoq, ovoz bermoq.
- Biror narsani uyib, ustma-ust qilib, ustiga qoʻyib baland qilmoq.
- Oshirmoq, koʻpaytirmoq (kuch, daraja, narx-navo va shu kabilar haqida).
- Mavqeini, hol-qudratini, mod-diy ahvol va shu kabilarni yaxshilamoq.
- Yuqori mansab yoki lavozimga tayin-lamoq, belgilamoq.
- Bardosh qilmoq, toqat qilmoq; chidamoq. Bolaning injiqligini onasi koʻta-radi. n
- Hazm qilmoq, singdirmoq.
- Yoqtirmoq, suymoq; toqat qilmoq.
- Biror ish-harakat qilishga ilhomlantirmoq, safarbar qilmoq.
- koʻchma Oʻz ustiga olmoq, oʻz hisobi-dan toʻlamoq (sarf-harajat haqida).
- koʻchma s. t. Yoʻq qilmoq, yoʻqotmoq, bitirmoq.
- koʻchma s. t. Ichmoq, urmoq (may haqida).
- Qarzga olmoq.
- s. t. Yetishtirmoq, olmoq.
- Ayrim otlar bilan birikib, shu ot bildirgan narsani yuzaga keltirishni ifo-dalaydi.
- Bosh koʻtarmoq q. bosh. Boshiga koʻtarmoq q. bosh. Burnini koʻtarmoq Manmanlik qil-moq; gerdaymoq.
- .
Примеры
- Zambar koʻtar-moq. sht Ergash u bilan quchoqlashib koʻrish-moqchi boʻlgan edi. Normat uning belidan mahkam quchoqladi-da, dast koʻtarib, uni ayvon supasiga chiqarib qoʻydi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Sumka koʻtarib, bozorga bormoq. Kolonna boshida bayroq koʻtargan qizlar bormoqda. yaya /
- Otabek] Otni axta-xonaga bogʻlab, sovgʻa toʻldirib kelgan ipak xurjunni koʻtarib, ichkariga kirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Maxdum shu soʻz bilan ichkariga kirib, hovli sahnida chaqaloq koʻta-rib turgan Raʼno yonidan ayvonga oʻtdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Tu ya koʻp yuk koʻtaradi. m
- Toshxoʻja eshon hazilakam eshon oʻtgan emas, boqib qoʻyilgan oʻn beshta otdan uni faqat ikkitasigina koʻtara olar edi, xolos. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Sidiqjon] Birdan boshini koʻtardi va Kanizakka qaradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Obidjon.. chi-roqning piligini koʻtaribroq qoʻydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Dambami koʻtarmoq. Yoʻlni koʻtarmoq. Marzani koʻtarmoq. n
- -Suvni uch-toʻrt chaqirim yuqoridan ikki yogʻiga chim bosib, koʻtarib kelish lozim boʻladi, — dedi Alim buva. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Narx-ni koʻtarmoq. Temperaturami koʻtarmoq. m Keyin ovozini pardama-parda koʻta-rib, doʻq ura ketdi. M. Ismoiliy, Far-gʻona t. o.
- Brigada hosildorlikni ikki ba-ravar koʻtarishga muvaffaq boʻldi. — "Oʻzbe-kiston qoʻriqlari".
- Obroʻyini koʻtarmoq. yat [Qodir:] Yaxshi qilibsiz.. kol-xozning ahvoli yomonga oʻxshaydi, koʻtarish kerak. — Uygʻun — Navbahor.
- Pastdan yuqoriga koʻtar-moq. Xotin-qizlarni rahbarlik lavozimla-riga dadil koʻtarish kerak. n
- [Akrom hoji:] Agarda xon koʻtarish manim qoʻlimda boʻlsa edi, xon qilib Otabekni koʻtarar edim! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kampirga aytma, koʻtarolmaydi. IYodgorboydan] Qora xat kelgan! — A. Qahhor — Asror bobo.
- Bosh muharrir, Rahim akaning qobiliyatli xodim ekanligini nazarda tu-tib, baʼzi erkaliklarini koʻtarardi. — F. Mu-sajonov — Himmat.
- Har qancha ovqat boʻlsa, koʻtaradi — kuchi koʻp. Bemor palovni koʻtarolmadi. n
- Tomogʻi ta-qillab oʻtirgan dutorchi "koʻtarmasalar — ichmasinlar" desa ham, Nabigul unamadi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Bundam keyin.. har bir ishni men bilan ba-hamjihat qiling, oʻzbilarmonlikni koʻtar-mayman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mus-tamlakachi zolimlarga... qarili yana xalqni koʻtaraylik! Qudratning ishini oxiriga yet-kazaylik! — N. Safarov — Uygonish.
- Umur-zoq aka: -Bolalar bizga shuncha yordam berish-di. Endi.. sayohat qilib kelishsin. Butun yoʻl xarajatini kolxoz koʻtaradi, — dedi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Endi Shoabdu-fattoh Xoʻjayevning sarfini ham koʻtaray-likmi? — A. Qahhor — Ogʻaynilar.
- Adovatni oradan koʻtarmoq. m
- Musulmonqul.. zolimlarni oʻrtadan koʻtarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uoʻrta-dagi noqulay jimlikni koʻtarib tashlash uchun Gʻiyosni gapga soldi. — K. Yashin — Hamza.
- Qadah koʻtarmoq. n
- [Ravshan pol-von] "Xonim" olib kelgan konyakdan koʻzla-rini chirt yumib, bir ryumkasini koʻtarib tashladi. — O. Yoqubov — Larza.
- Bir pud gʻal-lani, topilsa, uch pud gʻallaga boʻlsayam, jon debkoʻtaramiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Matqovul kelasi yil hosili hisobiga Hakim-jon boyvachchaning otasi Latifjonboydan pul koʻtarib, ot oldi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Gektar boshiga oʻn tonnadan hosil koʻtardik.
- Janjal koʻtarmoq. Isyon koʻtarmoq. Shovqin-suron koʻtarmoq. shsh ..shikoyat qila-qol, boshingni devorga urib, faryod koʻtar. — K. Yashin — Hamza.
- Ular [Yormatni] soʻkishar edi: -Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronmiz. — Oybek — Tanlangan asarlar. Gap koʻtarmaslik Sal gapga ja\l qilish odati, jizzakilik. Koʻkka koʻtarmoq q. koʻk. Koʻnglini koʻtarmoq q. koʻngil
- Koʻngilni doʻst koʻtarar. — Maqol. Sirkasi suv koʻtarmaydigan odam q. sirka. Uy koʻtar-moq Hamma narsani tashqariga olib chiqib, uylarni tozalamoq, tartibga solmoq.
- Kam-pir egila-bukila, terlab-pishib uy koʻtara-yotgan edi. — H. Nazir — Bir tup gʻoʻza.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0