Толковый словарь
ko‘y
кўй
Значения
- Koʻcha; yoʻl.
- ( yoki shaklida "koʻyiga", "koʻyida") Biror narsa dardi, savdosi, harakati.
- (biror aniqlovchi soʻz bilan) Ahvolda, holatda.
Примеры
- Yusufbek hoji, to Eskijoʻvaga yetguncha, oʻzining yuqoridagi soʻzini koʻy, guzar xalqiga takrorlab kelmoqda edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Nimaning koʻyida yuribsiz?
- Doʻsmat tirikchilik koʻyiga tushdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bu uxlaguvchi mening halol rafiqam boʻlib, ikki yildan beri men ham uning koʻyida sargardonman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Elmurod shu koʻyi yana birmuncha yurgach, toʻxtadida, yoʻl chetidagi bir toshga oʻtirdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Domla Niyoz turgan koʻyi yorliqni oʻqidi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Этимология
fors. — koʻcha, yoʻl; qishloq, mahalla
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0