Толковый словарь
ma’lumot
маълумот
Значения
- Oʻqish-oʻrganish natijasida olingan bilim koʻnikmalari hajmi va darajasi.
- Biror sohaga oid boʻlgan bilim.
- Xabar, axborot.
- Dalil boʻladigan hujjat, raqam materiallar.
Примеры
- Boshlangʻich maʼlumot.
- Oʻrta maʼlumot.
- Oliy maʼlumot.
- Siyosiy maʼlumot.
- "Agar Sovet hukumati menga maʼlumot bermasa, men kim boʻlar edim?!" degan fikr uning [Elmurodning] miyasida takrorlandi — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Hozir maktabdagi oʻqituvchilar oliy va maxsus maʼlumotga egalar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Qiz oʻn olti yoshgacha bu oilada musiqa muallimi boʻlgan kambagʻal amakining tarbi-yasida oʻsadi, ibtidoiy tahsil koʻradi, musi-qadan ham bir oz maʼlumot oladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qiz oʻn olti yoshgacha bu oilada muzika muallimi boʻlgan qambagʻal amakining tarbiyasida oʻsadi, ibtidoiy tahsil koʻradi, muzikadan ham biroz maʼlumot oladi.
- Oʻz ahvoli haqida maʼlumot bermoq.
- Kechqurun qishloqqa tergovchi keldi. Dastlab Meli polvonni chaqirib maʼlumot oldi — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Mirzo saroyidan bizga yetib kelgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, fargʻonaliklar bizdan kam, ish koʻrgan sarbozlari oz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Olimlarimizning bergan maʼlumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. — Gazetadan
Этимология
a. — axborot, xabarlar; bilim
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0