Толковый словарь
mo‘ylov
мўйлов
Значения
- Yuqori labning ustini qoplagan moʻylar, murt.
- Moʻylov qilmoq Moʻylov harakati bilan ishora bermoq.
- Moʻylov qoʻygan, moʻylovi bor (shaxs).
- Baʼzi hayvonlarning ustki labi ikki chekkasidan oʻsib chiqqan, sezish uchun xiz-mat qiladigan moʻylari.
- Baʼzi hasharotlarning boshidagi hid bilish va sezish qobiliyatiga ega boʻlgan tuklari.
Примеры
- Abdishukur.. qisqa moʻylovining ikki uchini ingichka bu-rab, burnining kataklariga yetkizgan.. oʻttiz besh yoshli oriqqina kishi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Mana endi oʻzingiz kelib qoldingiz, uncha-muncha kamomadim bor, bir moʻylov qilib yuborsangiz, — dedi Rahmon Xol-matov raisga. — N. Safarov — Uzoq davom et-masin-da.
- Buni koʻrgan Mastonov "oʻltira-ber" degan maʼnoda moʻylov qilib qoʻydi. — "Mushtum".
- Oʻrtada chordana quriboʻtirgan moʻylov — Roʻzi polvon. — T. Murod — Qoʻshiq.
- -Ha-ya, — dedi Toʻqsonov, hamon derazadan moʻralagan holda va yana soʻradi: — Haligi moʻylovingiz koʻrinmay qoldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Mushuk moʻylovi.
- Chumoli moʻylovi.
Этимология
f. j_"
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0