Толковый словарь
o‘g‘irlamoq
ўғирламоқ
Значения
- Oʻzganing narsasini xufiyona olmoq, olib ketmoq; qonunga xi-lof ravishda oʻzlashtirmoq.
- Zuhur amakim skladdan taxta oʻgʻirlab, qa-malib ketganlar. "Mushtum".
- Kimsani boshqalarga bildirmasdan, zoʻrlab olib qochmoq.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz bil-dirgan narsani "xufiyona olmoq", undan ayirmoq, uni yoʻq qilmoq.
- Gap oʻgʻirlamoq Boshqalarning gapini tinglab, bilib olmoq, eslab qolmoq.
Примеры
- Oʻgʻli.. roʻzgʻorni yaxshilab, ovqatlarni moʻl-koʻl qila boshlab-di. Otasining pulini oʻgʻirlab, xarajat qilaveribdi-da. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hasanalini bolalik vaqtida Erondan kishi oʻgʻirlab keluvchi bir odam qoʻlidan Otabekning bobosioʻn besh til-la barobariga sotib olgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Jaholat yomon narsa, aylanay, odamning aqlini oʻgʻirlab, fojiaga yetaklaydi. — "Mushtum".
- Alifdek qomatini sen bukding, yuzlariga ajinlar-ni sen solding, koʻzlaridan ajinlarni sen oʻgʻirlading.. — S. Ahmad — Ufq.
- Domlaga qoʻlurish bilan mahallaning fayzini oʻgʻirlagan.. bu ayolni koʻrgan ham, koʻrmagan ham.. bir gʻazab bilan yomon koʻrar edi. A. — Qahhor — Toʻyda aza.
- Ho-o, qachondan buyon insof tarozisining posan-gisiga qarab tosh bosadigan boʻla qoldingiz? Yoqmasa, bu yerda turib gap oʻgʻirlab nima qilasiz?S. — Karomatov — Hijron. Joy oʻgʻir-lamoq Kerakli joyni band qilmoq, meʼ-yordan ortiq joy egallamoq. Fikr oʻgʻirla-moq 1) birovning mulohazasini oʻziniki qilib olmoq; 2) birovning mulohaza yuri-tishiga xalal bermoq.
- Anvar Raʼnoga oʻngla-nib oʻtirdi: -Foydasi yoʻq, endi fikrni oʻgʻirlading. [Raʼno:] Men fikr oʻgʻrisi emas-man. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0