Толковый словарь
o‘gay
ўгай
Значения
- Oldingi er yoki xotindan boʻlgan farzandlar hozirgi er yoki xotinga hamda ularning qarindoshlariga nisbatan, shu-ningdek, hozirgi er yoki xotin va ularning qarindoshlari oldingi er yoki xotindan boʻlgan bolalarga nisbatan.
- Bir onadan tugʻilmagan yoki bir ota-dan boʻlmagan, otasi yoki onasi boshqa, tugishmagan farzandlar (bir-biriga nisbatan).
- Oʻziniki boʻlmagan; yot, betona.
- Oʻgay koʻrmoq (yoki qaramoq) yoki oʻgay koʻz bilan qaramoq Begona kabi munosabatda boʻlmoq.
Примеры
- Oʻgay nabira. Oʻgay ota. Oʻgay xola. n
- Hafsalam pir boʻ-lib: -Peshonamning shoʻri qursin, oʻgay bola ham nasib qilmasa, — deb yigʻlab-yigʻlab qaytdim. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Chap to-mondagisi Yusvali togʻaning oʻgay oʻgʻli Avaz, oʻng tomondagi Davlatyor edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Marasul:
- Oʻz xolam boʻla turib, toʻyga kelmadingiz-a? Oʻgay boʻlsangiz ham xafa boʻlmas edim. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar. Oʻgay qaynana yoshi oltmishlarga borgan, semiz, zabardast, dimogʻdor kampir edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oʻgay aka. n
- [Dilbar:] Botirjon akamning oʻgay singlisi bor, oti Adolatxon, shuoʻgʻil tugʻibdi. — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Bobur oʻziga ulugʻ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganida, oʻgay taqdir uni bu ma-dadkoridan ham judo qilgan edi. — P. Qodi-rov — Yulduzli tunlar.
- "Oʻgay" ekinlarning holidan hech kim xabar olmadi. — Gazetadan.
- Bulbul oʻgay erur zogʻlar orasida, Yugurik suv oʻgay togʻlar orasida. — A. Oripov — Ruhim.
- Mustamlakachi chor maʼmurlari ma-halliy mehnatkashlarni oʻzlariga oʻgay koʻ-rardilar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Dan-galini aytaverish kerak.. avvallari bu ma-shinaga odamlarimiz oʻgayroq qaradi. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
- Dangal aytishim kerak, oʻrtoqlar, mashinaga oʻgay koʻz bilan qarovchilar yoʻlimizga koʻndalang turishib oldilar. — Gazetadan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0