Толковый словарь
o‘jar
ўжар
Значения
- Toʻgʻri, maqbul maslahat, gap-soʻzga ham quloq solmay, yon bermay, oʻz fikrini maʼqullayveradigan; gap uqmaydigan, qaysar.
- Yalinib-yolvorish, iltimos kabilarga koʻnavermaydigan, oʻz soʻzidan, fikridan qaytmaydigan; bir soʻzli.
- Boshqaning izmiga yurmaydigan; boʻysunmas.
- Qaytarib, oʻzgartirib boʻlmaydigan narsa haqida.
Примеры
- U qancha soʻzlamasin, bu kitobning dinga ziyonsiz ekanini oʻjar musulmonga tushuntira olmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Baʼzi bir oʻjar, foydali ishdan boʻyin tovlovchi kishilar uning maslahati, yordami tufayli hayotda oʻz yoʻlini topib oldi. — Gazetadan. —
- -Ertaga vojatiydan soʻraymiz, — dedi Qudrat gap uqmas, oʻjar singlisini tinchitib. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Unga kamoli ehtirom bilan salom berdi. Dilidagi gaplarni astoydil tushuntirib toʻkdi. Oʻn beshinchi tushmagur bir soʻzli oʻjar odam ekan. Koʻnma-di. — S. Ahmad — Saylanma.
- Oʻjar daryo. Oʻjar tabiat.
- Gʻulomjonning miyasiga yana qon yugurdi, boyagi tanish oʻjar his yana butun vujudini qamradi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Suv oʻjar, uni tizginlash oson emasligini Poʻlatjon biladi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Haqiqat — oʻjar narsa. Kishilarning kimligi, qaysi vazifada ishlashini yuz-xotir qilmaydi. — A. Nabixoʻjayev — Oʻjarning qismati.
- Firibgar har qancha ayyorlik qilmasin, oʻjar faktlar oldida qilmishiga iqror boʻldi. — Gazetadan. —
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0