Толковый словарь
o‘ng-ters
ўнг-терс
Значения
- Biror narsaning oʻng va teskari tomoni, oʻngi va tersi.
- Biror narsaning har tomoni, har jihati.
- Oʻng-tersiga qarab Har tomonlama mulohaza qilib koʻrib, har jihatini hisobga olib.
Примеры
- Gazlamaning oʻng-tersi. Nonning oʻng-tersi. Bizning shturmchilarimizning harakatidan soʻng fashist soldat va ofitserlari kiyimlarining oʻng-tersini topolmay qoldilar. T. Rustamov, Mangu jasorat.
- [Hasanali] Bu ikki turli masalaning oʻng-tersini aylantirib muhokama qildi va oʻlchadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- -Xudoga shukur. Labi-dahanimizga chipqon chiqqan emas, togʻa, gapning oʻng-tersiga qarab gapirish lozim boʻlsa, bir odamchalik gapira olarmiz, deyman, — dedi Bozorboy. P. Tursun, Oʻqituvchi. Oʻng-tersiga qaramay yoki oʻng-ters Farqiga bormay, eʼ-tiborsizlik bilan; pala-partish. Oʻng-tersiga qaramay ishlamoq. Zaynab bu yolgʻon-lash natijasidan qoʻrqib, oʻngu ters ishiga yopishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0