Толковый словарь
o‘rganmoq
ўрганмоқ
Значения
- Bilim, kasb, ish va shu kabilarni oʻzlashtirmoq, egallamoq, bilib olmoq.
- Siri, mohiyati, mazmuni va shu kabilarni anikdash, belgilash maqsadida tekshiruv, kuzatuv, taqlildan oʻtkazmoq.
- Gʻayritabiiy, noqulay kabi tuyil-maydigan holga aylanmoq, shunday sezil-moq, qabul qilmoq.
- Odat qilmoq
- Oʻzini yaxshi aloqada tutmoq, mos-lashmoq, bogʻlanib ("oʻziniki boʻlib") qol-moq.
Примеры
- Birovdan ish oʻrganmoq. Shaxmat oʻyinini oʻrganmoq. Hunar oʻrganmoq. Oz-ozdan oʻrganib olim boʻlar. Maqol. ■■
- Ishni oddiy beton-chilikdan boshlagan oʻsmir asta-sekin kerak-li kasblarning hammasini oʻrganib oldi. — Gazetadan
- Oʻtgan yarim asrlik murabbiylik dav-rim men uchun ham katta hayot darsxonasi boʻldi, koʻp narsa oʻrgandim. — Gazetadan
- Bu dalillarni sinchiklab oʻrganib, Quyoshning nisbatan tinch paytida kosmik nurlanish yerdan uzoq joy-larda kishi uchun xavfli boʻlmasligi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. "Fan va tur-mush".
- Sibirlik arxeologlar trassa boʻylab qazishmalar chogʻida chiqqan tosh asr qurol-larini oʻrgandilar. — Gazetadan
- ..respublika-mizdagi qadimiy konlarga doir adabiyotlar-ni ikki-uch yildan buyon sinchiklab oʻrganayot-gan edi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Xayaq bunga haqli edi, chunki bunday tinchsizliklarni koʻra-koʻra juda oʻrganib qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bular orasidagi betakalluf muoma-la va munosabatga odamlar oʻrganib qoldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas. Maqol. n
- Toʻqqizinchiga oʻtguncha ichishni, chekishni oʻrgandim. S. Siyoyev, Yorugʻ-lik.
- Bu toʻriq menga juda oʻrgangan. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Xola bir-ikki kun ichida yangi sharoitga oʻrgandi, qoʻshnilar bilan ta-nishdi. "Guldasta".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0