Толковый словарь
o‘rmalamoq
ўрмаламоқ
Значения
- . Yurmoq (hasharotlar haqida).
- . Xuddi shunday yurish qilmoq, sudralib yurmoq; emaklamoq.
- . Yuqoriga tomon tirmashmoq, yopishib chiqmoq, koʻtarilmoq.
- . Mildirab oqmoq, jildirab oʻtmoq (suv, tomchi haqida).
Примеры
- Qoʻngʻiz oʻrmalaydi. Qirqoyoq oʻrmalab ketmoqda. Dahadan turgan qurtlar barg qidirib oʻrmalamoqda.
- Adirda bir chumoli Oʻrmalasa, u [bobo] sezar. — Q. Muhammadiy.
- Tanklar dalaga yoyi-lib, oʻt pishqirib, har yoqdan oʻrmalab ke-lardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Bektemir dushman mudofaasiga yaqin joydan oʻrmalab kelgan bir tankistning betiga qarashga botina olmadi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Uzoq-dagi adirning yonbagʻrida bir nima oʻrmalab kelyapti. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Elmurod qalbiga miltiq tovushlari bilan kirayotgan quvonch taʼsiridan hovliqib, tom ustiga oʻrmaladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- [Bolalar] Goh tik qoyaga oʻrmalar, goh ilon izi boʻlib ketgan soʻqmoqdan pastlikka — daraga tizilishib tushib borishardi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Tagidan suv oʻrmalagan har tup gʻoʻza tirilmoqda. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Ota chuqur tin oldi. Ich-ichiga botib ketgan koʻzlaridan yosh oʻrmalaydi. — A. Quronboyev — Oriyatsiz oʻgʻil.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0