Толковый словарь
o‘rtoq
ўртоқ
Значения
- Yoshi teng yoki yaqin boʻlib, oʻzaro yaxshi aloqada boʻlgan tengdoshlar (bir-biriga nisbatan); birga oʻsgan; tengdosh, doʻst, oshna.
- Dunyoqarashi, faoliyati, yashash sha-roiti va sh.k. jihatidan bir, gʻoyaviy ji-hatdan yaqin kishi; hamfikr, hamgʻoya.
- rasm. Kishilarga murojaatda, odatda ularning familiyasi, kasbi, unvoni va sh. k. bildiruvchi soʻzga qoʻshib ishlatiladi.
- s. t. ayn. turmush oʻrtogʻi; er yoki xotin, rafiq yoki rafiqa. Halimaxon, oʻrtogʻingiz qayerda ishlaydilar ? n Erkaklar ham roʻzgʻor ishini yaxshi bilishi, oʻrtogʻiga yaqindan yor-dam berishi kerak. Gazetadan.
- Turmush oʻrtogʻi q. turmush. Hoshimjon, bi-rinchidan, jonajon dugonamning turmush oʻrtogʻi, ikkinchidan, oʻz akamday koʻraman uni. J. Abdullaxonov, Toʻfon.
- Biror ish-faoliyatda birga boʻluvchi, biror narsani baham koʻruvchi; sherik.
- Oʻrtoq boʻlmoq ayn. oʻrtoqlashmoq.
Примеры
- Ukamning oʻrtogʻi. Qalin oʻrtoq. v
- Xayr, onajon! Mening uchun buvimni qu-choqlab qoʻying, oʻrtoqlarimga salom ayting! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Hatto tumsayib oʻtirgan Asrora ham beixtiyor chapak chalar, oʻrtogʻining husnu latofatiga mahliyo edi. S. Axmad, Ufq. Shu xotinning oʻrtogʻi bor edi. Yaxshi jonon.. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Bugun stipendiya olishgani uchun ikki oʻrtoq qoʻlbola osh qilishmoqchi edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Qud-rat.. hokimning qon toʻlib ketgan koʻzlari-dan yashirinmadi, aksincha, oʻrtoqlari bilan guzarda yarim kechagacha jilmay oʻtirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Eski oʻrtoqlaring-dan ayrilgansan, yangi oʻrtoq orttirolma-ding. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻrtoq direktor. Oʻrtoq mayor. yaya Qani, oʻrtoq bemor, oyoqlaringizni uzating-chi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Roʻzimat sahnadan chiqib ketdi-yu, hayal oʻtmay zalda paydo boʻldi va Kanizakning oldiga kelib, qulogʻiga sekin: -Oʻrtoq Ahmedov yoʻqlayotibdilar, — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oshga oʻrtoq — boshga toʻqmoq. Matal. ash
- Dam boʻlaman oltin quyosh Husniga oʻrtoq. Dam teraman etak-etak Gullar: pushti, oq. — Gʻayratiy.
- Gʻir-romlikni bilmaydigan halol bola koʻrinadi. Oʻrtoq boʻlsang arziydi. H. Nazir, Yonar daryo.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0