Толковый словарь
o‘tkazmoq
ўтказмоқ
Значения
- Oʻtmoq fl. ort. n.
- Ekmoq (koʻchat, qalamcha haqida).
- Oʻtirgʻizmoq, choʻktirmoq.
- Baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan ish-amalni amalga oshirmoq, olib bormoq, qilmoq maʼnosini bildiradi.
- Burnidan ip (yoki sim) oʻtkazib olmoq q. burun I. Qilichdan oʻtkazmoq q. qilich 1.
Примеры
- Ma-shinani koʻprikdan oʻtkazmoq. Unni elakdan oʻtkazmoq. Metall elektrni va issiqlikni yaxshi oʻtkazadi. Majlis oʻtkazmoq. Vaqtni ish bilan oʻtkazmoq. Oʻz nomiga oʻtkazmoq. Xayolidan oʻtkazmoq. Toʻyni oʻtkazmoq. Alam oʻtkazmoq.
- Koʻchat oʻtkazib, bogʻ qilish — ulugʻ savob.. — Gazetadan. Biri ariq qazir, yer haydar, Biri gul oʻtka-zar bogʻiga. H. Olimjon.
- Bektemir oʻz oldiga Zinani oʻtkazdi. Oʻzi ham chordana qurdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Yusufbek hoji.. kundosh orasi buzilib, oʻrtadan soʻz chiqqanini eshitsa, ikkala kelinni oʻz oldiga chaqirtirib, ularni qator oʻtkazar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mashgʻulot oʻtkazmoq. Shanbalik oʻtkaz-moq. Majlis oʻtkazmoq. Tajriba oʻtkazmoq. m
- Urush veteranlari yigʻilishib, kengash oʻtkazib, Xurramovni oʻz kengashlarining rai-si qilib sayladilar. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0