Толковый словарь
o‘tmoq
ўтмоқ
Значения
- I 1 Maʼlum yoʻnalishda ha-rakatda boʻlmoq (yurmoq, uchmoq, oqmoq va h.k.)
- Sath yoki boshqa makonda maʼlum yoʻ-nalishdagi harakatni taʼminlaydigan narsa yoʻnalgan (choʻzilgan, yotqizilgan) boʻlmoq.
- Maʼlum joy, sath va sh.k. oraligʻida (biror tomonga qarab) harakatlanmoq, shunday harakat bilan uni orqada qoldi-rib, undan keyingi joyda mavjud boʻlmoq.
- Qarama-qarshi tomonlari (boshi va oxiri, ikki cheti) boʻlgan yoʻl, ochiq joy, teshik va shu kabilarning tomonlari oraligʻida harakatlanmoq (yoʻnalmoq) va shu yoʻnalish-da bir tomonini qoldirib, ikkinchisida hozir boʻlmoq.
- Yurib yoki boshqa harakat bilan (yoʻ-nalib) maʼlum joy, oʻrinda mavjud boʻlmoq; oʻrin olmoq, joylashmoq.
- Ish-faoliyat koʻrsatayotgan joyini oʻz-gartirib, boshqasiga koʻchmoq.
- Ish-faoliyatini yoki undagi usul va shu kabilarni oʻzgartirmoq, boshqasiga koʻchmoq.
- Oʻz joyini oʻzgartirmoq, biridan bosh-qasiga koʻchmoq.
- Egalik, tasarruf oʻrni oʻzgarmoq.
- Kimda yoki nimadadir boʻlgan narsa, xususiyat va sh. k. boshqasiga ham koʻchmoq, un-da ham paydo boʻlmoq.
- Taʼsir etmoq, taʼsiri yuzaga kelmoq.
- Oʻz yoʻnalishida muayyan joy (nuq-ta)dan ilgari yoʻnalmoq, uzoqlashmoq.
- Bir xil yoʻnalishdagi harakatda (yurish, yugurish, suzish va b.) ortda qol-dirmoq, undan oʻzmoq, oʻzib ketmoq.
- Biror xususiyat, belgi, xatti-harakat va shu kabilarda boshqalarini ortda qoldirmoq; ustun, yuqori boʻlmoq.
- Mazmunidan ish-harakat anglashuvchi otlar, shuningdek, oʻtmoq(i)sh qoʻshimchali \a-rakat nomi bilan qoʻllanib, shu soʻz bil-dirgan ish, harakat qilishni boshlash, shunta kirishish maʼnosini bildiradi.
- Kechmoq (biror ish, voqea, hodisa jarayoni haqida).
- Yuz bermoq, boʻlib oʻtmoq; kechmoq.
- Keyinda qolmoq; kechmoq (vaqt ha-qida).
- Shaxsning shu feʼl bogʻlangan soʻz anglatgan raqamdagi yoshi boshlanishi, shu yoshga qadam qoʻyishi maʼnosini bildiradi.
- Umrning yoki maʼlum qismining shu feʼl bogʻlangan soʻz anglatgan ish, holat bilan kechishini bildiradi.
- Barham topmoq.
- Biror ish, mansab, tashkilot va shu kabilarga kirmoq, tayinlanmoq, qabul qilinmoq.
- Xarid qilinmoq, sotilmoq.
- koʻm. fl. vazifasida. Yetakchi feʼldagi hara-katning davomliligi, yoʻlakay bajariluv-chi harakat ekanligi kabi grammatik va modal maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
- Biror masalaga oid mavzu, asar va shu kabilarni oʻqish, oʻrganish, tinglash amaliyotini oʻtkazmoq; oʻqitmoq, oʻrgatmoq (oʻqimoq, oʻr-ganmoq).
- Bahridan oʻtmoq Aloqani uzmoq; kechmoq.
Примеры
- It hurar, karvon oʻtar. — Maqol. v
- Koʻ-chadan oʻtayotgan yoshu qari qoʻlini koʻksiga qoʻyib, otaxonga salom beradi, hol-ahvol soʻraydi. — Gazetadan.
- Dala yoʻllari gʻiz-gʻiz oʻtib turgan mashinalardan gavjum, avtobuslar serqatnov. — H. Gʻulom — Binafshaatri.
- Buqush har zamon bir tomoq qoqib, koʻkda argʻimchoq solib oʻtayotgan turnalarni kuzatib qola-di. S. — Ahmad — Hukm.
- Yer ostidan gaz quvurlari oʻtgan. yat Tol oʻsgan yerdan koʻcha oʻtgani uchun, daraxt kesib taiiandi. — Gazetadan.
- Darchaning orqasi anorzor, uning etagidan anhor oʻtadi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- ..demak, shu buta ostidan telefon simi oʻtgan. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Gullar yuzida xanda, bu bogʻdan yor oʻtdimi ? — S. Zunnunova.
- Qiz bedapoyadan oʻtib, soʻl yoqdagi daraxtlar orasida gʻoyib boʻlgach, Yoʻlchi.. yana ishga myuidu. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ahmadjon bir chordevordan oʻtib, kichkina maydonga chiqqanida, roʻparada pulemyot tarilladi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Daryodan oʻta boshladi. Zovur-dan sakrab oʻtdi. Teshikdan narigi hovliga oʻtmoq. v
- Yoʻlning narigi yuziga, avtobus bekatiga oʻtmoqchi boʻldi-yu, oʻsha zahoti bu fikridan qaytdi. — M. Xayrullayev — Tilla marjon.
- Oldingi qa-torga oʻtmoq. Mehmonlar maxsus hozirlan-gan xonaga oʻtishdi. shya Muslimjon, qani, toʻrga oʻting. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Texnikumdan rabfakka oʻtibsan deb eshitdim.. yaxshi qilibsan. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- Ahmad Akmalxonning koʻp joylarda ishlab chiq-qanini eshitgandi, "ikkinchi programma" deyapti, demak, radioga oʻtibdi. — F. Musa-jonov — Himmat.
- Konveyer usuliga oʻtmoq. Savdo ishiga oʻt-moq. Pudrat usulida ishlashga oʻtmoq. v
- "Segoh"ga oʻtdi, yana allaqanday gʻamgin, ezgin kuylarni aytdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Men bir turmadan ikkinchi turmaga oʻtayotibman, nega yigʻlaysan! — A. Qahhor — Tomoshabogʻ.
- Bu yerlar korxona ixtiyoriga oʻtdi. v
- Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq, yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekinga oʻtadi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Hokim yigirma besh soldatning kuchi oʻziga oʻtib qolgandek, kucha-na boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ularning biridagi shoʻxlik va zavq ikkin-chisiga tezoʻtar edi. — P. Qodirov — Qora koʻz-lar.
- Kumush toʻy oʻzbeklar uchun yangi odat boʻ-lib, Yevropa xalqlaridan oʻtgan. — Gazetadan.
- Kaltak oʻtmaydi. Oyogʻidan sovuq oʻtdi. v
- Bir yosh yigitning ikki ogʻiz gapi Salim Gʻafforningu yoq-bu yogʻidanoʻtibketdi. — "Mushtum".
- Sa-far boʻzchi Abdurahmonning toʻxtaganidan xabarsiz ikki-uch qadam nariga oʻtgan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Enka-tinkasi chiqib ketganidan, Valijon tushadigan be-katidan oʻtib ketganini endi sezdi. — Gazetadan.
- Marraga yaqinlashganda, barcha poygachilardan oʻtib, marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. v
- Goh afandi eshakdan, goh eshak afandidan oʻtib, uyga yetdilar. — "Latifalar".
- Qamish-kapada bundan oʻtadigan yuzi qora yoʻq.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ichimizda Yuvoshdan oʻta-digan terimchi yoʻq. — E. Raimov — Ajab qish-loq.
- Qovuyushr gʻarq pishgan. Bir-birovidan oʻtaman derdi. — "Mushtum".
- Oxiri yigʻlashga oʻtdi. Biror natija chiq-magach, doʻq-poʻpisaga oʻtdi. Hujumga oʻtmoq.
- Kengash yaxshi oʻtgan edi chamasi, Gʻiyosiddinovning vaqti chogʻ edi. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Davra suhbati savol-javob tarzida oʻtdi. — Gazetadan.
- Garchi operatsiya muvaffaqiyapʼsh oʻtgan, xirurg roppa-rosa toʻrt soat oʻlim bshgan olishgan boʻlsa-da, biroq bashoratga ha/sh erta edi. — Gazetadan.
- ..oʻzimdan qandoq kamchilik oʻtganiga hay-ronman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..Abdura-sul bilan qaseob oʻrtasida oʻtgan gaplar esiga tushdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yillar oʻtdi, bir oz ulgʻaydik, bu kun — Vatan xizmatiga bir qadar dastyor. — A. Oripov.
- Oltin kuzning oltin dashari oʻtib bormoqda. — Gazetadan.
- Olti (yosh)ga oʻtdi. v
- Qizimizning boʻyi choʻzilib, oʻn toʻrtdan oʻn beshga oʻtib qoldi. — "Mushtum".
- Yoshim qirqqa yetdi. Na xotin, na bola-chaqa. Dunyodan toq oʻtdik hisob. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xonumonimdan kechaman, dunyodan portfelsiz, paltosiz oʻtaman, ammo bu ishni ochmasdan qoʻymayman. — A. Qahhor — Bek.
- ..Umri mashinada oʻtgan kishini konservator deganlariga hay-ronman. — "Mushtum".
- Mana, umrim oʻtdi, nuqul azob ichida oʻtdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boʻronning tezda oʻtib ketishiga koʻzim yetmaydi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Azim boyvachcha, "Shoʻro hukumati bahor yomgʻiridek tez oʻtib ketadi", deb oʻylar edi. — S. Ahmad — Hukm.
- Shamollagansiz, xafa boʻ:gmang, oʻtib ketadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Partiyaga oʻtmoq. Deputatlikka oʻtmoq. v
- Oqibat, Vohidov aytgan nomzod oʻtdi. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Boʻta raislikka oʻtmasa, men xijolat boʻlib qolaman. — S. Ahmad — Hukm.
- Bumato-lar yaxshi oʻtmayapti. v
- Korxona xoʻjayini erta^shb doli aga: -Agar magazinlarda oʻtmay yotgan mollardan bir oz olmasalar, buyurtma bajarshshaydi, — debdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Sen hovliga bor, joy tayyorla. Bir yoʻla magazinga ham kirib oʻt. — N. Safarov — Olovli izlar.
- -Oʻqiganmisiz? — dedi uning soʻzini kesib boyvachcha. -Oʻqiganman. Navoiy, Fuzu-liyni ham oʻtganman.. — javob berdi Gulan-dom. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hamida biologiyadan nimalar oʻqiganini, bu oʻquv yilida yana nimalar oʻtilajagini soʻzlab berdi.. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- ..boshi oltindan boʻlsa ham, shu odamning bahridan oʻting. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Haliyam boʻlsa, buning bahridan oʻt.. — P. Qo-dirov — Qora koʻzlar. Boshidan oʻtmoq Hayot-da kechirmoq. Kim tabib —
- boshidan oʻtgan tabib, deyishar edi, ilmsizlik boshingizdan oʻta turib, shu gapni gapirasiz-a ?! — A. Qahhor — Ogʻriqtishlar.
- Boshimdan oʻtgan gaplar-ni birovga aytish qayoqda, esimga tushsa, oʻzim choʻchib ketaman. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Jonidan oʻtmoq Azob beradigan darajada qattiq taʼsir qilmoq.
- Boyagi gaplar Umma-talining yonidan oʻtgan boʻlsa, bunisi jonidan oʻtib ketdi. — Shuhrat — Jannat qidir-ganlar. Kuni oʻtmoq 1) kuni kechmoq.
- Mehnat kuningdan ham kechib, Kuning oʻtar aroq ichib. — "Mushtum"; 2) tirikchiligi yurishmoq.
- Uka, bor — boricha, yoʻq — holicha, ishqilib, bir kunimiz oʻtib turibdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Koʻz oʻngidan oʻtmoq Koʻz bilan koʻr-ganday gavdalanmoq, akslanmoq.
- Qoraqalpoq elining Amu toʻlqinlaridek sokin, joʻshqin hayot lavqalari koʻz oʻngimdan oʻtdi. — X. Yod-gorov — Hayot toʻlqinlari. Koʻzi oʻtmoq Koʻra olmoq, yaxshi koʻrmoq (asosan, mayda, kichik narsalar haqida).
- Mana, oʻqi, koʻzing oʻtsa, komissar buyrugʻini. — Mirtemir.
- Bir vaqtlar doʻppi tikdim, koʻrpa qavidim.. endi unday ishlarga koʻzim oʻtmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Koʻnglidan oʻtmoqXayolidan, aqlidan kechmoq.
- "Hamma gapni eshitib olgan ekan pismiq chol", degan fikr har ikka,sh yoshning ham koʻnglidan oʻtdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Soʻzi oʻtmoq Soʻzi inobatga olinmoq.
- Uning togʻasi amaldor, amaldor boʻlganda ham, qa-yerga uzatsa, qoʻli yetadi, nima desa, soʻzi oʻtadi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar. Oʻzin-g(iz)dan oʻtar ran yoʻq Oʻzingiz hammasiga tushunasiz, hammasini bilasiz.
- Bu ish kecha-si boʻlgani maʼqul. Kunduzi boʻlsa, oʻzingdan oʻtar gap yoʻq, xunukroq koʻrinadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Oʻtib tushmoq Bosh-qalaridan juda ustun boʻlmoq, boshqalarni orqada qoldirmoq.
- Bu ishda, ayniqsa, Ju-naidxonning sodiq sardori Matchon toʻra hammasidan oʻtib tushdi. — J. Sharipov — Xorezm. Qadri oʻtmoq q. qadr.
- Oxir vaqt bola qadri oʻtib, har bir shahardan oʻgʻil olib kelib boqib, qirqta oʻgʻil boqib oldi. — "Boʻ-takoʻz". Qatorga oʻtmoq (yoki kirmoq, koʻshil-moq) 1) safga kirmoq, qoʻshilmoq. "Qatorga kirolmagan" dehqonlarga boshqacharoq tad-bir qoʻmanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon; 2) biror guruhga mansub kishilar qato-ridan, safidan oʻrin olmoq. Uning [Sidiq-jonning] nomi chiqmaganligiga hech kim eʼtibor qilmagan boʻlsa ham, nazarida, hamma unga: "Xafa boʻlmang, axir bir kuni qator-ga kirib qolasiz", deyayotganday boʻlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Qoʻlidan oʻtmoq Muayyan shaxe yoki shaxslarning si-novi, xizmati va shu kabilarda boʻlmoq, boʻlib oʻtmoq.
- ..ne-ne beklarning otlarini koʻrgan-man, ne-ne otlar oʻz qoʻlimdan ham oʻtgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0