Толковый словарь
o‘ymoq
ўймоқ
Значения
- Biror narsa bilan kovlab, chuqur hosil qilmoq; kovlamoq.
- Chuqurcha hosil qiladigan qismini ajratib olmoq.
- Naqsh, gul, tasvir va sh. k. ishlash uchun biror sirtga iz, oʻyiq tushirmoq.
- Yemirib, yuvib, chuqur hosil qilmoq.
- Qattiqchimchilamoq.
- Qattiq ruhiy azob bermoq.
- Oʻyib olmoq Qattiq taʼsirli, taʼzirli ran qilmoq.
Примеры
- Yerni oʻymoq. Devorni oʻymoq. ■■
- Tirnoq-la yer oʻyib, suvlar oqizgan Gʻariblar ahvoli qolardi tangga. — Gʻayratiy.
- Avaz uchi tirsakka oʻxigaig silliq tosh topib, boʻzni oʻyib, ikki qator chuqur-chalar yasadi. P. Qodirov, Qora koʻzlar.
- Men ham lip etib hujraga kirib, xumchadan yogʻ oʻyib oldim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
- Mana shu yolgʻiz qoʻlim bilan malʼ-un Japaqning koʻzini oʻyaman. A. Muxtor, Qo-raqalpoq qissasi.
- Supachada bir parcha ganchga Naqqosh oʻyar soʻnggi nasini. E. Rahim.
- Islomxoʻja ustalar bilan sa-lomlashib, marmar toshga Ogahiy sheʼrlari-ni oʻyayotgan Xudoybergan muhrkan oldiga bor-di. J. Sharipov, Xorazm.
- [Solijon] Tak-rorlaydi darslarin, Koʻzdan tugal oʻtkazar, Toshga oʻygan xat kabi Puxtalab dilga yozar. — Q. Muhammadiy.
- Oyqiz butun kuchini yigʻib, Pogodinni suv oʻygan chuqurlik qirgʻogʻiga sudrab keldi.. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Rohila \qiz-ning\ biqinini oʻyib oldi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar.
- Yurak-bagʻrimni oʻyding, Meni nomusga qoʻy-ding. H. Olimjon.
- Alim buva mingboshini oʻyib oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- ..biror narsa-ni bahona qilib, gap bilan oʻyib-oʻyib oladi. — 0. Husanov — Nay.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0