Толковый словарь
o‘z
ўз
Значения
- Egalik qoʻshimchasi bilan kelganda: 1) ish-harakat shu qoʻshimcha bildirgan shaxsga oidligini bildiradi.
- Biron sabab, maqsad bilan emas, shun-chaki.
- Oʻziga xos.
- Qaratqich kelishigidagi soʻz bilan qoʻllanib, oʻxshashlikni alohida taʼkid, qayd bilan bildiradi.
- Oʻz gazi bilan oʻlchamoq q. gaz I. Oʻz yogʻiga oʻzi qovurilmoq q. yogʻ.
Примеры
- oʻz soʻzi taʼkidlash uchun qoʻllanadi.
- Oʻz vatani. Oʻz doʻsting. Oʻz mulkimiz. Oʻz uyim. Oʻz xohishim bilan ruxsat berdim. n
- Boy oʻz umrida koʻp-ni koʻrgan.. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ho-shimjon aka bu bilan oʻz jurʼatsizligini yashirmoqchi ekaniga hammaning imoni komil edi. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi.
- Oʻzim soʻradim. Oʻzing soʻra. Oʻzi soʻradi. Bu sheʼrni oʻzim yozdim. Masalani uning oʻzi yechdi. m
- Oʻzi toʻgʻradi piyoz, Achisa hamki koʻzi. Yu. Shomansur.
- [Ka-romat opa:] Tengini qiz bolaning oʻzi tan-lagani maʼqul-da, xolajon. T. Alimov, Sov-chi.
- Oʻzing ishlab topganingga oʻzing ega boʻl-masang! S. Ahmad, Hasrat; 2) 3-sh. shaklida (oʻzi) ish-harakat hech kimning ishtiroki-siz boʻlishi, bajarilishini bildiradi; oʻzicha, oʻzidan-oʻzi.
- Devoroʻzi yiqilib tushdi. Mashina oʻzi yurib ketdi. Chiroq oʻzi oʻchib qoldi. sht "Uch-toʻrt kun odamlarning hoja-tini chiqarib yura turay, tuzuk ish oʻzi chi-qib qoladi", degan oʻyda yura berdi. A. Qahhor, Asarlar; 3) soʻroq mazmunli gaplarda taʼkid, kuchaytirish uchun qoʻllanadi (bunda shaxs maʼnosi boʻlmaydi).
- Men oʻzi qayerga kelibqoldim?E. Raimov, Ajab qishloq.
- Oʻzi nima ishlar boʻlayotibdi? Mirmuhsin, Meʼmor.
- Senda uyat, odamgarchilik degan narsa bormi oʻzi? S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- -Nimaga xafasan? Mana, man sogʻ-salomat qaytdim. -Hech nima, — yerga qarab dedi Unsin, — oʻzim, shunday.. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Kuzda baliq ovlashning ham oʻz gashti bor. — Gazetadan
- Katta oʻgʻli otasi-ning oʻzi. shya Oʻziyam Rohilaginamning oʻzi-da.. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- O nam oʻz yogʻiga oʻzi qovurilib, kimnidir qargʻadi. T. Alimov, Toʻy qoldi. Oʻz yoʻlida Oʻz ish-faoliyati davomi-da.
- Har kim oʻz yoʻlida matonat bilan ku-rashmasa, fojiaga yoʻliqmagan taqdirda ham, yarim yoʻlda qolib ketishi mumkin. S. Karomatov, Oltin qum. Oʻz navbatida Nav-bati bilan, oʻrni bilan (oʻrni kelganda).
- Omon koʻp masalalarda Sherali bilan masla-hatlashar, oʻz navbatida Sherali ham nochor qolgan damlarda u bilan suhbatlashib, koʻn-gil chigilini yozardi. S. Karomatov, Oltin qum. Oʻz soʻzli q. soʻzli. Oʻz-oʻzidan ayn. oʻzi-dan-oʻzi.
- Panjalarim oʻz-oʻzidan ochilib, zam-bilni toʻq etkizib tashlab yubordi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Oʻzi boʻladimi yoki oʻzi boʻlmaydi Oson emas, osongina amalga oshadigan ish emas.
- Maktab zinalaridan chiqa berishning oʻzi boʻladimi? J. Sharipov, Xorazm. Oʻziga kelmoq Es-hushi, holati meʼyoriy holga tushmoq, rostlanmoq.
- U, qulogʻiga gap kir-mai, garang bir ahvolda oʻtirganda, birdan qozon boshida koʻtarilgan shov-shuvni eshi-tib, oʻziga keldi. N. Fozilov, Diydor.
- Xudo-dodbek Badiadan shapaloq yegach, ancha oʻziga kelib, muloyim boʻlib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor. Oʻziga ursin (yoki kurinsin) Qil-mishi ajrini oʻzi koʻrsin, ajri oʻziga teg-sin.
- Kasofating oʻzingga ursin! K. Yashin, Hamza.
- Iloho, qilmishlaring, nobakor ish-laring oʻzingga koʻrinsin! K. Yashin, Hamza. Uzida yoʻq Belgining kuchli darajasini bildiradi; nihoyatda, juda ham.
- Matchon toʻra oʻzida yoʻq xursand boʻldi. J. Sharipov, Xo-razm. Uzidan ketmoq Es-hushi, meʼyoriy holatini yoʻqotmoq.
- U maktubni oʻzining soʻnggi tomchi kuchi bilan oʻqib tamom qil-di-da, yerga yiqilib, oʻzidan ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Oʻzidan-oʻzi 1) sabab-asosi nomaʼlum holda.
- Eshik oʻzidan-oʻzi ochi-lib ketdi. m
- ..oʻzimdan-oʻzim terlab keta-verdim. X. Toʻxtaboyev, Sariq devni minib; 2) oʻzicha.
- Burgut uyga qaytib kirar ekan, oʻzidan-oʻzi kular edi. S. Ahmad, Choʻl burguti. Oʻzingdan qolar ran yoʻq Xammasini oʻzing bilasan, oʻzing tushunasan.
- Bularni aytib oʻtirishning nima hojati bor, oʻzingdan qo-lar gap yoʻq. Oʻzini bosmoq q. bosmoq 16. Oʻzi-ni yoʻqotmoq q. yoʻqotmoq.
- oʻzl. olm. 1 Egalik qoʻshimchasini ol-gan ot oldidan kelganda, kimsa yoki nar-saning egalik qoʻshimchasidan anglashilgan shaxsga (1-, 2- yoki 3-shaxsga) qarashli ekani ifodalanadi. Bunda shaxs maʼnosi shaxs qoʻshimchasi orqali voqelanadi,
Этимология
Yoqutchadagi үөс degan so‘zla o‘zakdosh erur.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0