Толковый словарь
og‘ir
оғир
Значения
- Vazni katta boʻlgan, tosh bosa-digan; vaznli, vazmin.
- Ogʻir suv kim. Vodorod izotopi deyte-riyning kislorod bilan birikmasi.
- Koʻp kuch yoki bilim talab qiladigan; qiyin, murakkab; mashaqqatli, sermashaq-qat.
- Mushkul; masʼuliyatli.
- Salmoqli, salobatli.
- Sekin, shoshmasdan qilingan; bosiq, vazmin.
- Oʻzini tuta biladigan; sipo, vaz-min, bosiq.
- Ogʻir boʻl Oʻzingni bos, sabr qil.
- Muayyan meʼyori buzilgan, meʼ-yorga, talabga javob bermaydigan.
- Yomon oqibatlarga olib borishi mumkin boʻlgan; jiddiy, xavfli.
- Tashvish, iqtisodiy muammo.
- Ogʻirini yengil qilmoq Birovning mush-kulini, muammosini oson qilmoq, unga yordam qilmoq.
- Mashaqqatli, uqubatli, azob-li; murakkab, mushkul.
- Qattiq jazolashni talab qi-ladigan, juda katga.
- Notinch, tashvishli, hayajonli.
- Qattiq tegadigan, xafa qila-digan, koʻngilsiz; malolli.
- Koʻngliga ogʻir olmoq q. koʻngil. Ogʻir bot-moq 1) xafa qiladigan, malolli.
- Haddan ziyod, kishi bardosh be-rolmaydigan; qattiq.
- Qahraton, sovuq, tashvishli.
- Kuch keladigan, qiyin; dardli.
- Mungli, gʻamgin, qaygʻuli; sal-moqli, vazmin.
- Ogʻir artilleriya Uzoqqa otadigan katta toʻp va zambaraklar. Ogʻir karvon q. ogʻirkar-von.
Примеры
- Ogʻir yuk. Ogʻir ot. Yuki ogʻir arava. Ogʻir vaznli kurashchi. Oltin kumushdan ogʻir. Ogʻir toshni suv elt-mas. — Maqol. m
- Yana jimlik hukm surdi. Bu sukunat ogʻir tegirmon toshi boʻlib, mulla Norqoʻzini yanchib yubordi. — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- Boyvachcha kavakchadan choʻp ti-qib, zanjirni tushirdi, kattagina ogʻir darvoza "gʻurr" etib ochildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ogʻir ish. n
- U [Yoʻlchi] har xil ogʻir yumushlarni qilib oʻrgangan boʻlsa ham, toʻn-ka kovlamagan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shunday qilish kerakki, xalqning pesho-na teri bilan, ogʻir mehnati bilan chiqa-riladigan suv bitta yo bir necha baloxoʻr qoʻliga oʻtib ketib qolmasin. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bu savol avvalgi ikkita savol-dan ogʻirroq edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Ogʻir masala. n
- -Bahor-da, qizim, bundan buyon kun isiyvera-di, — qizini ogʻir holatdan chiqarishga ti-rishdi ona. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- El-murodga mashgʻulotlar ogʻir tuyulmadi. — Shuh-rat — Shinelli yillar.
- Yil ogʻir keldi-yu, brigadir shiyponda tunab qoladigan boʻldi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Gʻoʻlabirdan kelgan, qop-qora, semiz kishi ogʻir yurib, davra-ga chiqdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Hovli ichka-riroq boʻlganidan, hamma uxlab qolganidan, darvozaning ogʻir gumburiga ichkaridan hech kim chiqmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Bunisini qoʻyavering, qori, xudo ishingizni oʻnglasa, hech gap emas, gard yuqtirmay chiqib ketasiz, — deyar edi ogʻir, salmoqli tovush. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ogʻir qadam.n
- Qora terga tushib, hassasiga tayanib qolgan domla ufqdan koʻzi-ni olib, ogʻir bosh chayqadi. — M. Mansurov — Yom-bi.
- Gʻulomjon boshini ogʻir koʻtarib, usta Bah-romga qaradi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Aminjon, oʻzi yosh boʻlsa ham, juda pishiq, ogʻir, gʻayratli. — A. Qaxhor — Xo-tinlar.
- Kamtar va kamsuxan, goʻzal Iskan -daro quloq solib, jiddiy va ogʻir oʻtirardi. — Oybek — Nur qidirib.
- Odam-lar Tojiboyni tartibga chaqirishib chugʻur-lashdi: "Ha, ha, bir oz tishni tishga qoʻyish kerak". "Ha, sal ogʻir boʻling". — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Xonaning havosi ogʻir: chang, ovqat, tamaki hidlari bir-biriga aralashib-quralashib ketgandi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Ogʻir ja-rohat. Ogʻir dard. am
- Otasi ogʻir kasallik-dan soʻng vafot etdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o. U
- [Elmurod] hech narsani bilmas, ahvoli ogʻir edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. U
- [Saltonbu] shunday baqirib yubordiki, uy burchida ogʻir yotgan oʻn uch yasharli.. qizi choʻchib ketar, deb ham oʻylamadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Hakim:] Ham ishlab, ham oʻqiyman, akamga ogʻirim tushmasin. — "Yoshlik".
- -Xolboy boyning roʻzgʻoriga boʻlishib, uning ogʻirini yengil qilib turgan-ligi uchun uyli-joyli boʻlib oldi. — K. Yashin — Hamza.
- Ogʻirkun. Ogʻirhayot. am
- Elmurod oilasi va oʻzining ogʻir oʻtmishi-ni qisqacha tasvirlab kelib, oxirida shunday degan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Otamurod uzoqdan boʻlsa-da, sezdi: boitiq ogʻir ahvol-daqolibdi. — M. Mansurov — Yombi.
- Ogʻirgunoh. Ogʻir jinoyat.
- Ogʻir tush. Ogʻir xayol. Ogʻir oʻy. am Cholning yurak yaralarini ochishda oʻzini aybli sanagan Yoʻl-chining koʻkragi ogʻir tuygʻular bilan toʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Raisning uni koʻrib, xuddi koʻrmaganday yonginasidan mashi-nasida koʻchani changitib oʻtib ketishi unga ogʻir tegdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Qambar bir-dan kulib yubordi. Uning kulishi Yoʻlchiga ogʻir tegdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nazarov eshitdingizmi, deganday qarash qildi. Na-zarovning shu boqishi Sherbekka ogʻir botdi. — S. Anorboyev — Oqsoy; 2) hazm boʻlmaslik (ov-qatga nisbatan).
- Bu xil palovlarni yosh goʻ-daklardan tortib qariyalargacha va hatto bemorlar ham isteʼmol qilsa, ogʻir botmay-di. — K. Mahmudov — Qiziqarli pazandalik. Ogʻir ran 1) malol keladigan, qattiq tegadigan ran; 2) hal qilish qiyin boʻlgan masala; 3) koʻngilsiz, achinarli voqea.
- Ogʻir alam. Ogʻir ju-dolik. Ogʻir kulfat. Ogʻir musibat. yash
- Inson hayotidagi eng ogʻir qaygʻu - onadan ay-riliq qaygʻusi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- -Endi bildim, oshiqlik ogʻir dard ekan. Boshimga tushganda bildim, — dedi [yigit] — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Voha rahbari savolni kutmagan ekan, dab-durustdan dovdirab qoldi, soʻng shoshib: - Toʻgʻ-ri, ustod, bu yil ancha ogʻir qish boʻldi — dedi.. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Ogʻir nafas. Ogʻir entikmoq. sht Ziyodilla ketgandan keyin Botirali beshik tebratib oʻtirgan xotinining yoniga choʻkib, ogʻir uf tortdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qizil qoniga boʻyalgan qahramon pulemyotchi ogʻir nafas ol-moqda edi. — N. Safarov — Qahramonning tu-gʻilishi.
- Ogʻir sukunat. v
- Ogʻir, yurak-ni ezuvchi kuy shamollar qanotida u yoqdan bu yoqqa suzib yuribdi. — S. Ahmad — Ufq.
- -Yoʻq, menga sira oʻxshamaydi,— dedi Sharofatbibi shikoyatlangan ohangda. — Ogʻir karvon u. — Oybek — O. v. shabadalar. Ogʻir koʻch-moq Qiyinchilik bilan hal boʻlmoq (biror ish yoki masala haqida). Ogʻir oyoq q. oyoq.
- Ikromjonning koʻngli notinch. Xotinining ogʻir oyoq boʻlganidan xayoli qishloqda, uyida edi. — S. Ahmad — Ufq. Ogʻir sanoat ayn. ogʻir industriya q. industriya. Tarbiyasi ogʻir Xul-qi yaxshi boʻlmagan.
- Boʻlgʻusi pedagoglar, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash kabi masalalar ustida ish olib boradilar. — "Fan va turmush". Qulogʻi ogʻir Gapni yaxshi eshit-maydigan, karroq; kar.
- Qulogʻi bir oz ogʻir, tovushni birmuncha koʻtaribroq gapirishga toʻgʻri keldi. — A. Qodiriy — Kichik asarlar. Havosi ogʻir joy Havosi buzilgan, nafas olish qiyin boʻlgan joy.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0