ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

qo‘ymoq

қўймоқ

Значения

  1. Qoʻldagi yoki umuman koʻtarib olingan narsani biror joyga oʻrnashtirmoq, joylashtirmoq.
  2. Belgili holatda, tartibda joylamoq, joylashtirmoq.
  3. Biror joy yoki narsaga tirab, taqab, qoʻndirib oʻrnashtirmoq, oʻrnatmoq.
  4. Foydalanish uchun biror narsa bermoq.
  5. qurmoq, solmoq.
  6. Quriladigan, oʻrnatiladigan narsa oʻrnini belgilamoq, unga oʻrin qoldirmoq.
  7. Belgili joyga, oʻringa oʻrnatmoq, mahkamlamoq; solmoq.
  8. Birga, yonida olib ketmay, biror joyda qoldirmoq, tashlab ketmoq.
  9. Saqlash uchun bermoq, topshirmoq.
  10. Qoʻlidan, quchogʻidan, ixtiyori, tasarrufi va shu kabilardan chiqarmoq, boʻshatmoq.
  11. Nazardan, eʼtibordan, navbat va shu kabilardan chetda qoldirmoq.
  12. Nikohni bekor qilib, xotindan ajralmoq, xotinini taloq qilmoq.
  13. Biror ish-harakatni bajarish uchun imkon, yoʻl, erk bermoq, ruxsat qilmoq.
  14. Oʻstirmoq (soch, soqol, tirnoq haqida).
  15. Yoʻlini ochib, biror tomonga, narsaga yoʻnaltirmoq, yubormoq(suv, gaz, bugʻ haqida).
  16. (faqat da) Tark etmoq, tashlamoq, toʻxtatmoq, barham bermoq, yigʻishtirmoq.
  17. Belgilamoq, aniqlamoq (baho, narx va shu kabilar haqida).
  18. Nom, laqab qoʻymoq, nomlamoq.
  19. ...deb bilmoq, hisoblamoq, fahmlamoq.
  20. Biror ish, vazifaga tayinlamoq, belgilamoq.
  21. Vositachi, vakil sifatida yoʻllamoq, foydalanmoq.
  22. Biror narsani ishga solmoq, harakatga keltirmoq.
  23. Namoyish qilmoq, koʻrsatmoq.
  24. qoldirmoq; keyinga surmoq.
  25. Muhokama, munozara uchun taqdim, taklif qilmoq.
  26. Surtmoq, surkamoq.
  27. Biror usulda, biror vosita bilan urmoq, tushirmoq, solmoq.
  28. Biror belgi, ishora tushirmoq.
  29. Biror holatda tutmoq, qoldirmoq.
  30. ( bilan) Duchor qilmoq, yoʻliqtirmoq; qoldirmoq.
  31. ( bilan) Biror maqsad, ish-harakat va shu kabilardan qoldirmoq.
  32. Baʼzi otlarga birikib, qoʻshma feʼl hosil qiladi, ,
  33. Yetakchi feʼl bildirgan harakatning bajarilishi bilan bog‘liq turli grammatik maʼnolarni ifodalaydi.
  34. Boʻlishsiz feʼldan keyin boʻlishsiz shaklda kelib, birinchi feʼldan anglashilgan harakatning bajarilmay qolmasligini bildiradi.

Примеры

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре