Толковый словарь
qog‘ozbozlik
қоғозбозлик
Значения
- Amalda emas, qogʻoz-dagina ish bitirish, qogʻozboz kabi ish tutish.
- Yozish-chizish, qogʻoz-hujjat va sh.k. bilan bogʻliq ishlar.
- Yoz-yoz ishi (kimsa haqida tuhmat, gʻiybat va shu kabilarni yozish). Shu Qori hozir gazeta xodimining ham payiga tushib, qo-gʻozbozlik qilib yuribdi. Mirmuhsin, Musi-cha odam.
Примеры
- Hurmatli Toʻqliyev va Qorayev oʻrtoq-lar! Qogʻozbozlik bilan plan sira yuz boʻl-maydi. — "Mushtum".
- Bu ministrliklarning ayrim shoxobchalarida asosiy ishdan koʻra beparvolik, qogʻozbozlik, uyushqoqsizlik avj olib ketgan. — "Mushtum".
- U kishi qaytguncha qogʻozbozlik ishlarini oʻzing toʻgʻrilab tu-rasan. — O. Yoqubov — Izlayman.
- [Mirzajon] Kabinetda oʻtirib, qogʻozbozlik bilan shu-gʻullanishga oʻrganmagan. — K. Rahimov — Birinchi odim. -Yoʻq, yoʻq, qoʻzgʻalma. Bugun qogʻoz-bozlikka sira toqatim yoʻq! — dedi Amina opa Halimaga. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0