Толковый словарь
qorong‘i
қоронғи
Значения
- Qorongʻilik bosgan, qorongʻilikka choʻmgan, ziyodan, nurdan mahrum boʻlgan; yorugʻ.
- Yorugʻlik, ziyo boʻlmagan payt, holat; qorongʻilik, zimiston.
- Aniq emas; noaniq, nomaʼlum.
- Noaniq va yoqimsiz, boʻlmagʻur.
- Roʻshnolik, yaxshilikdan xoli; yorugʻ.
Примеры
- Qorongʻi kecha.
- Qorongʻi uy.
- Uzun, qorongʻi yoʻlakdan chiqqach, Unsin toʻxtadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Darcha ochilishi bilan qorongʻi hujraga sovuq yopirilibkirdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Uyning ichi qoront. Hamma shirin uyquda. — "Yoshlik"
- Tun qorongʻisi.
- Tong qorongʻisi.
- Qorongʻi tushdi.
- Oy hali chiqmagan, faqat uning zaif nuri qorongʻidan qoʻrqqandek.. yilt-yilt etib ketadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Yormat qorongʻida yiqilib-surilib, ellikboshining uyiga keldi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Suhbat kim haqida va nima haqida borganligi qorongʻi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Lekin bizga komissiya nimalarga asoslanib shu fikrga kelganligi qorongʻi boʻlib qoldi. — Saida Zunnunova — Olov
- Kechqurun Gulnor oʻz uyiga qaytarkan, yoʻl-yoʻlakay hasratda yonib, qorongʻi xayollarga chulgʻandi.. — Oybek — Tanlangan asarlar
- -Inim, - dedi Abdukarim aka Botiralining qoʻlini qoʻyib yubormasdan, - boʻlisimizning qorongʻi ishlari koʻp. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Dunyo shunday yasalgan ekan, bolam. Birovga yorugʻ, birovga qorongʻi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qahramonlar bir-biriga yetishishni, "qorongʻi yurtimizni ilm chirogʻi bilan yoritish" yoʻlida birga ishlashni orzu qiladilar. — GazetadanBoshi qorongʻi - bosh.Dunyo (yoki jahon) koʻziga qorongʻi - u qattiq xafa, unga hech narsa tatimaydi, uning koʻziga hech narsa koʻrinmaydi.
- Munavvar uch kunlik kelinligida bir gap eshitdi-yu, bu dunyosi koʻziga qorongʻi boʻlib ketdi. — Sunnatilla Anorboyev — Mehr — 1964
- Mashaqqatli yurishlardan zerikkan xotini gʻingshiyverib, doim uning joniga tegar, koʻziga dunyoni qorongʻi qilardi. — Mirkarim Osim — Iskandar va Spitamen
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0