Толковый словарь
ro‘dapo
рўдапо
Значения
- Soʻrgʻichli sak-kizta katta paypaslagichi boʻlgan dengiz hayvoni, sprut.
- Har qanday bahaybat, vahimali narsa.
- Bichimi kelishmagan, beoʻxshov, besoʻnaqay kiyim yoki yopinchiq. -Bahringiz ochilibdi, oyi. -Ochilganda qanday! Shu roʻ-daponi yopinib, umrimni xazon qilgan ekan-man. A. Muxtor, Opa-singillar. Ichkari uy-larning biridan, lippasiga qistirilgan rudapo qoʻngʻir koʻylagining etagini shosha-pisha tuzatgan koʻyi, semiz, badqovoq xotin chiqib keladi. X. Sultonov, Bir oqshom er-tagi.
- Qoʻpol, qovushmagan odam.
Примеры
- Koʻchada oyoqlari, matamarda aytiladigan roʻdaponing oyoqlariday, bir-biriga oʻralib borayotgan qoʻrqinchli bir ajoyib narsani koʻrdim. — S. Ayniy — Qullar.
- -Bir oyogʻim toʻrdayu bir oyogʻim goʻrda, ajal degan roʻdapo eshikning tirqishidan moʻralab turibdi-yu, qolgan besh kunimga shukur qilmay, yana orzu-havas qilaymi, ay-lanay ovsin? — dedi Shukur kampir. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- U tankning motor qis-miga yondiruvchi butshsha tashladi shekilli, lovushagan temir roʻdaponing qornidan ofitser uzini uloqtirdi-da, toʻpponchasini tepadagi allakimga berdi. — Oybek — Kuyosh qoraymas.
- Roʻdapo bulupshr, siyqa tangadek xira yal-tirab turgan quyoshni yutib yuborishga oshi-qadi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
- Habiba xo-nim.. Valixonning koʻz ochib koʻrgani, Tehron va Kobulga nomi ketgan savdogarning qizi. Mayna-chi ? Qishloqi, sahroyi, roʻdapo bir qiz. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- "Boʻtam"lab tu-rib, jonimni oladi shekilli bu roʻdapo, deya xayollandi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Этимология
f. jj < jj - ichak + — oyoq: ichaksimon oyokdari boʻlgan ba-haybat maxluq; sakkizoyoq
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0