Толковый словарь
sho‘r
шўр
Значения
- Meʼyoridan ortiq tuz solingan, taʼmi oʻt-kir (ovkat, taom hakida).
- Tuzlangan.
- Tarkibida tuz moddasi koʻp boʻlgan, shoʻr bosgan.
- Tuproq tarkibida tuzning koʻp-ligidan yer betida hosil boʻlgan tuz moddasi.
- Terning ust-boshga tepishidan ki-yimda hosil boʻladigan tuz, oq dogʻ.
- Shoʻr paxta Xalq tabobatida: ogʻriqni yoki shishni qaytarish uchun namakobga botirib ishlatiladigan paxta.
Примеры
- Shoʻr ovqat. Pa-lovni shoʻr qilib qoʻymoq. Achchiq-chuchukni shoʻr qilib yubormoq. n
- \Qodirjon:\ Hali osh vaqtida, oshning tuzini past qilib qoʻyib-san yoki shoʻr qilib qoʻyibsan, deb bahona qi-laman-da, katta janjal chiqaraman. — Xamza — Tuhmatchilar jazosi.
- Shoʻr baliq. Shoʻr karam.
- Shoʻr dengiz. Shoʻr koʻl. Shoʻr tup-roq. Shoʻr suv. n
- Ayniqsa, erta bahorda bo-ronalash shoʻr yerlarda katta foyda beradi. — Gazetadan.
- Yerning shoʻrini yuvmoq. m
- Yerda hali shoʻr koʻp. Sotiboldi otam ham mening fikrimni tasdiqlayaptilar. — N. Safarov — Xadicha Ah-rorova.
- Oʻrmonjon.. shoʻr bosgan yerdan ilon izi boʻlib oʻtib, toʻqayga kirib ketgan tup-roqtepani qamchining sopi bilan koʻrsatib: -Kanal! — dedi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chi-rokdari.
- Ertayu kech tosh maydalab.. yelkalarini bir ellik shoʻr bosgan yigitlar [darvishga:] "Yoʻlingdan qol-ma!" deyishibdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ot yoʻrttirib Yusuf Madyorov kelib qoldi. U hamon temiryoʻlchi kiyimida — egnida qora kitel, ter(i)ning shoʻri yelkasida oqarib yotardi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Uch-toʻrt [marta] oyogʻimga shoʻr paxta bogʻlab, uyda yotdim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Этимология
I f. - tuzli, tuzi koʻp
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0