Толковый словарь
sig‘moq
сиғмоқ
Значения
- Loyiq, mos kelmoq (kiyim, poyabzal haqida).
- Bemalol kirmoq, oʻtmoq.
- Oʻziga panoh topmoq, bemalol, xotir-jam yashamoq, turmoq.
- Toʻgʻri kelmoq, mos boʻlmoq.
- Aqlga sigʻmaslik q. aql.
Примеры
- Yo kechki salqin bilan, yo ertaga ertalab shahar hovliga [beda] olib tushaman. Qanday beda deng, bogʻi quchoqqa sigʻmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Etik oyogʻimga sigʻmadi.
- Ip ignaning teshigiga sigʻmadi. n
- Zindon yonidan bir arava sigʻadigan tor koʻcha oʻtgan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Undan chiqib qayoqqa, kimnikiga boraman, kimning uyiga sigʻar edim. — A. Qahhor — Maston.
- Oʻz yurtingga sigʻmay, bunda kelasan, Darbadar boshingga balo boʻlasan. — "Shirin bilan Shakar".
- Avaz oʻz uyiga sigʻ-mai qoldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Us-tozlar turganda, oʻzi haqida soʻzlash sharqona odobga sigʻmaydi. — Gazetadan.
- Unobakor yaqinda bir gʻayridin ojizaga uylanmish. Bu ishi endi hech qaysi nizomga sigʻmaydi! — K. Yashin — Hamza.
- Chunki, sen ayt-gandek, besh-olti kunda Qoʻqonga borib kelish sira aqlga sigʻmas edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Gap sigʻmaslik Boshqa gapga oʻrin yoʻqlik.
- Sharofat oraga boshqa gap sigʻmas-ligini koʻrib: -Bolamni olib ketgani keldim, — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Ichiga sigʻmaslik (sevinch, shodlik, dard va shu kabilar haqida) Toʻlib-toshmoq.
- Hamza shu asno-da yuz bergan dahshatli manzarani koʻrib ezilib ketdi, u tutaqar, gʻazabi ichiga sigʻ-may gʻijinar, "taqa-taq" qilib oʻtib bo-rayotgan vagonlardan koʻz uzmasdi. — K. Yashin — Hamza. Koʻngliga (yoki diliga) sigʻmaydi ayn. yuragiga sigʻmaydi 2. Peshonasiga sigʻmadi q. peshona 2.
- Oying farishta edi, qizim. Nima qilaylikki, peshonamizga sigʻmadi. — H. Gʻulom — Toshkentliklar. Tasvirga (yoki taʼrifga) sigʻmaydi Tasvirdan, taʼrifdan tashqari, taʼriflab ham boʻlmaydigan; ajoyib.
- Goʻ-zalligi taʼrifga sigʻmaydi. a
- Toshkent tongotari naqadar goʻzaz, Chiroyli, tasvirga sigʻmas, sermazmun. — Gʻayratiy. Terisiga sig-may Haddan tashqari quvonib.
- Ular [yi-gitlar] qoplarini toʻldirib, terilariga sigʻmay, olma-uzum olib kelayotganida, moʻ-gʻullar ushlab oldilar-da, quloq-burunlarini kesib, qoʻyib yubordilar. — M. Osim — Oʻtror.
- Mavlono Sohib Doro jiyanining "abjad" hisobini yaxshi oʻrganib olganini, fahm-farosati oʻsganini koʻrib, terisiga sigʻmay ketdi. — M. Osim — Sehrli soʻz. Xayolga sigʻmay-digan Xayolga xam keltirib boʻlmaydigan, xayolda ham tasavvur qilib boʻlmaydigan. Yuragiga sigʻmaydi 1) ichida yotmaydi, bi-rovga aytmasa boʻlmaydi.
- Oʻz yuragingga sigʻ-magan sir oʻzganing yuragiga sigʻmas. — Maqol; 2) koʻngli koʻtarmaydi — koʻngliga yoqmaydi, xush kelmaydi (faqat noxush, dilgir kay-fiyatdagi kishiga nisbatan aytiladi).
- Qoʻ-lidan gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir gapdan boshqa ish kel-maydigan bu odamning lip etib kirib ke-laverishi keyingi vaqtda Qudratillaxoʻ-janing yuragiga sigʻmay qolgan edi. — A. Muxtor — Opa-singillar. Yuragiga (yoki koʻngli-ga, diliga) qil (ham) sigʻmaydi Hech narsa yoqmaydi, nihoyatda yuragi gʻash, xafa.
- Umri-ni halol, begunoh oʻtkazgan yigitning hozir koʻngliga qil sigʻmaydi. — S. Ahmad — Hukm. Had-di sigʻmaslik q. had I 3.
- Mozorga til tek-kizishga qanday hadding sigʻdi, murtad?! — K. Yashin — Hamza.
- 500 mashina sigʻadigan katta avtobaza qurilayot-gan ekan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Этимология
1 Jo boʻlmoq, joylashmoq, ketmoq. ◆ Koʻp narsa sigʻadigan idish. Quchoqqa sigʻmaydigan daraxt. Bir qoʻltiqqa ikki tarvuz sigʻmas. — Maqol. n Bu yerda
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0