Толковый словарь
so‘k
сўк
Значения
- Tozalangan, oqlangan tariq.
- Ogʻziga soʻk solmoq ayn. ogʻziga tolqon solmoq q. tolqon.
Примеры
- Xom soʻk. Qovurilgan soʻk. Soʻk oshi. Ovqatga soʻk solmok. Soʻk tolqon. m
- Dasturxonda yana oʻsha qurt, suzma, soʻk paydo boʻldi, saldan keyin eshikdan bir guruh qizlar koʻrindi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Palossiz, zax sementda yotasan, Har kuni yeydigan bir choʻmich yovgʻon soʻk oshi yoki suli boʻtqadan ham mahrum boʻlib, ikki yuz gramm non va suvga kuning qoladi. — "Yoshlik".
- Nihoyat, Fayzulla chidab turolmadi: soʻkXa> ogʻzinglarga soʻk solvoldi-laringmi bugun? — X. Sultonov — Bir oqshom ertagi.
- Mana bugun ham Habiba bilan Qud-rat, oralaridan olamushuk oʻtganday, ogʻzi-lariga soʻk solib kirib kelishdi. — Q. Kenja — Togʻ yoʻlida bir oqshom. Soʻk oshiga surnay q. surnay.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0