Толковый словарь
so‘ng
сўнг
Значения
- Oxir, pirovard, nihoya.
- sft. Oxirgi, soʻnggi.
- Keyin, soʻngra.
- koʻm. (ch. k. bilan) =dan keyin.
- Soʻng soʻz: Asar oxiridagi xotima; oxirgi soʻz.
Примеры
- Asarning boshi va soʻngi. Zoʻrlikning soʻngi — xoʻrlik. — Maqol.
- [Kumush] Soʻzining soʻngini aytolmadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qushbegi maktubning soʻngrogʻiga kelib toʻxtadi-da, chaqirdi: -Pirmat, Pirmat! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Deydilar, fazoning chegarasi yoʻq, Milliard yulduzlarning soʻngi ham fazo. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Soʻng dafʼa. Soʻng bor.
- Soʻng dardi yengillashdimi, qadamlari ildamlashdi. — "Sharq yulduzi".
- Soʻzimiz tamom boʻlsin, soʻng borajakman. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bir ozdan soʻng.
- Salomdan soʻng Ahmad toʻgʻri muddaoga oʻtdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Ustod bir necha soniyalik mulohazalardan soʻng qatʼiyat ila oldinga yurib, ipni ushladi. — "Fan va turmush".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0