Толковый словарь
sug‘urmoq
суғурмоқ
Значения
- Oʻrnashgan joyidan kuch bilan tortib chiqarmoq.
- Tiqilgan, botgan joyidan chiqarib olmoq.
- Xamirdan qil sugʻurganday q. xamir.
- Biror yerdan, toʻdadan, muhitdan ajratib, uzib olib ketmoq.
- Solib qoʻyilgan, joylangan yeridan chiqarmoq, chiqarib olmoq.
- Soʻrib, tortib olmoq; olib qoʻy-moq.
- Chiqarib yubormoq, tarqatmoq, yozmoq.
- Jonni (yoki yurakni) sugʻurib olmoq
- Qattiq ruhiy yoki jismoniy azob bermoq, oʻlguday qiynamoq, jonini olmoq.
Примеры
- Ildiz sugʻurmoq. Ombur bilan mix sugʻurmoq.
- Xolmatjon suvsizlikdan qorayib ketgan bir tup niholni sugʻurib olmoqchi edi.. — S. Ahmad — Ufq.
- Qassob qiyma kabobni sixdan sugʻurib olib, sabzidek tish-lab yerdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Moʻytanning keksa baliqchisi.. chori-gʻini loydan zoʻrgʻa sugʻurib, qora tutun ichiga kirib ketdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Uzoq yillar mobaynida toʻplanib qolgan ortiqcha kunlar, xamirdan qil sugʻurganday, osongina yoʻqotildi. — "Fan va turmush".
- Popukday qizni issiq uyasidan sugʻurib, olib keldim. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- -Bermayman de-gin, hali shunaqami? — aravakash qaltirab turgan qoʻllari bilan paypaslanib, yonidan pichogʻini sugʻurdi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
- Uqilichini gʻilofidan sugʻurib, osmonda yarqiratdi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Bezgakni hazil fahmlama. Kishi kuchini sugʻurib, shalpaytiradi. — Oybek — O. v. shaba-dalar.
- Uning badanidan ona tuproq intizorligi, jang-jadal suronlari hordigʻini sugʻurib olayotganday boʻldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Otasi endi Togʻayni tavbasiga tayantirmaguncha, bobosini taʼrif va tavsif etaverib, jonini sugʻurib oldi.. — "Yoshlik". Tag-tomiri bilan sugʻurib tashlamoq 1) butunlay yulib tashlamoq; 2) yoʻq qilmoq, bartaraf etmoq. Tilingni sugʻurib olaman Doʻq-poʻpisa iborasi.
- Ayo kofir, bilib soʻzla soʻzingni, Tillaring sugʻurib, oʻyay koʻzingni. — "Malikai ayyor". Yurakdan (yoki koʻngildan, miyadan, xayoldan) sugʻurib olmoq Dildan chiqarib tashlamoq, batamom unutmoq.
- [Tuygʻunoy:] Bari bir, uning [Rahimovning] nomini yura-gimdan sugʻurib tashlay olmaysiz. — B. Rahmo-nov — Oltin odamlar.
- Tushida qora matoga oʻralgan kishi uning [cholning] sogʻ qolgan yagona jagʻ tishini sugʻurib olayotgan emish. — "Yoshlik".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0