Толковый словарь
ta’zir
таъзир
Значения
- Oʻtgan xato yoki gunohga loyiq dakki, dashnom, tanbeh.
- Taʼzir bermoq Aybi yoki xatosini aytib qizartirmoq, uyaltirmoq, koyimoq, dashnom bermoq.
- Taʼzirini bermoq Adabini bermoq, tavbasiga tayantirmoq.
- Taʼzirini yemoq Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq.
Примеры
- [Maysara:] Oʻgʻlim, shu taʼzir oz emas. Hovli yuziga chiqargandan keyin qasam berib boʻshatursiz. — Hamza — Maysaraning ishi.
- Menga shuncha yaxshilik qildingiz.. Yangi kelgan vaqtingizda meni yomon yoʻldan qaytardingiz.. Butun zveno oldida taʼzir berib, odam boʻl, dedingiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- U muttahamning taʼzirini oʻsha yerning oʻzidayoq berib qoʻygan boʻlardim, bunchalik uyatga qolmasdim. — F. Nasriddinov — Tundagi voqea.
- Keldingmi, daydi? — dedi-yu, uning bosh egib turishidan: "Taʼziringni yebsan, yetar", dedi ichida." — Y. Shamsharov — Qaxramonlik yoʻli.
Этимология
arab. – jazolash, ayblash, qoralash; tanbeh berish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0