Толковый словарь
to‘y
тўй
Значения
- etn. Qudalar oʻrtasidagi kelishuvga mu-vofiq, kuyov tomondan qiz tomonga beriladigan pul, sarpo, masalliq va sh. k. majmui.
- etn. Shu narsalar yuborilishi munosa-bati bilan kuyov xonadonida, kelishi muno-sabati bilan qiz xonadonida oʻtkaziladi-gan marosim.
- Toʻy bermoq 1) qudalar oʻrtasidagi keli-shuvga muvofiq belgilangan pul, sarpo, masalliq va b. ni kelin tomonga yubormoq; 2) yurtga osh, ziyofat bermoq.
- Biror voqea-hodisaga bagʻishlab ziyofat va oʻyin-kulgilar bilan oʻtkaziladigan tantanalar.
- Koʻpga kelgan toʻy Koʻpchilikning boshiga tushgan ish, tashvish va shu kabilar haqida ayti-ladigan ibora. - Ota, — dedi Salim jerkib,
- — bu narsa koʻpga kelgan toʻy, oʻgʻlingiz nihoya-ti bir necha oy ishlab qaytadi. Nimasiga qaygʻurasiz? Uzoq yurtlarni koʻrib keladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Toʻydan keyin nogʻora q. nogʻora. Uy-uyiga — taka (yoki tepa) toʻyiga Odatda, bolalar kechki payt oʻyin-dan charchab tarqalayotganda aytiladigan ibora.
Примеры
- Qoʻqon-liklar taomilida nikoh toʻyi kelinnikida oʻtadi. — K. Yashin — Hamza.
- Matyoqub qalligʻi \taʼtilda\ kelishi bilanoq toʻyni boima-moqchi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Toʻy uchun kuyov tomonidan oʻn besh arava yuk yuborilgan. Har bir aravada boshqa-boshqa mollar va buyumlar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mirzakarimboy qichqirdi: -Mulla Abdi-shukur, ertaga ojizamizga toʻy keladi, mar-hamat qiling, durustmi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yakshanba kuni ham toʻy, ham nikoh. m
- [Qutidorning] Bitta juvon qizi bor-ku, muncha toʻyni boshqa, nikohni boshqa qilamiz, deganiga hayronman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qirq kecha-kun-duz elga toʻy berib, qirq kundan soʻng toʻyi oxir boʻlgandi. — "Shirin bilan Shakar".
- Hovli toʻyi. Hosil toʻyi. yat
- Bu-gun maktab oʻzining birinchi katta toʻyiga, toʻngʻich oʻgʻillarini mamlakatga taqdim qi-lish tantanasiga tayyorlanayotir. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Vodokachkaning ochilish marosimi katta toʻyga, kattakon sayilga aylanyb ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Nachalnik [boshliq] yotib qoldi, endi uy-uyiga — taka toʻyiga. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Ha! Koʻzim ochiqligida qizimning toʻyini koʻray, deb oʻzimni oʻylabman-u, bu toʻydan keyin Nasiba nima boʻlishini oʻy-lamabman. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
Этимология
1 etn. Uylanish, turmushga chiqish, xatna qilish va b. munosabatlar bilan ziyo-fat berib, bazm-tomoshalar bilan oʻtkazila-digan xalq marosimlarining umumiy nomi. ◆ Nikoh toʻyi. Oʻgʻil (xatna, sunnat) toʻyi. Be-shik toʻyi. Toʻy qilmoq. Maʼraka — mardni-ki, toʻy — xalqniki. — Maqol. ◆ Maqtanganning uyiga bor, Kerilganning toʻyiga bor. — Maqol. ◆ yash Homidvoy boʻlsa, bugun unashsalaring, er-taga toʻyni boshlaymiz, deydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. ◆ Kechagi dam olish kuni Rashid-ning toʻyi boʻldi. — Shuhrat — Shinelli yillar. Rohila
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0