Толковый словарь
tog‘
тоғ
Значения
- Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekislik, tepalik yoki boshqa balandlikka nisbatan yakka yoki qator holda baland koʻ-tarilgan, odatda, turli tosh, qatgiq jism-lardan iborat qismi.
- Aholi yashaydigan togʻli joy, oʻlka; togʻlik.
- Narsalarning baland (togʻ kabi) uyumi.
- Ogʻir yuk, mashaqqatli ish, tashvish, fob va sh.k. ramzi sifatida qoʻllanadi.
- Biri bogʻdan kelsa, biri togʻdan keladi Bir-biriga aloqasi boʻlmaydigan, aloqasi yoʻq ran, fikr-mulohazani qayd etadi.
Примеры
- Togʻ tizmasi. Togʻjins-lari. Togʻning koʻrki — tosh bilan, Odamning koʻrki — bosh bilan. — Maqol.
- Koʻringan togʻ-ning yirogʻi yoʻq. — Maqol.
- sht Lager togʻtagiga joylashgan. Sharqi-janubiy tomon ayla-na ketgan togʻ. — Shuxrat — Shinelli yillar. Janubdan, keng va yashil bagʻirli Aravon to-gʻidan allalovchi.. salqin, sarin shabada esa boiishydi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Uzoq-dan qorayib koʻrinib turgan togʻ oʻrkachiga toʻlin oy minib oldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Olmosdek serqirra, oftobda choʻqqilari yar-qirab turgan baland qorli togʻlar koʻzni ola-di. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Atrofni osmon-oʻpar togʻlar oʻrab olgan.. — K. Yashin — Hamza.
- Oʻrganishda ham gap koʻp. Otaning oʻzi aitdi-ku, u togʻda tugʻilib, togʻda oʻsgan. Ha, u togʻning oʻz odami. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yotib yeyishga togʻ ham chidamaydi. — Maqol. ■■
- El xirmonida toʻplanayotgan "oq oltin" togʻlarining qomati yulduzlar sari boʻy choʻzdi. — Gazetadan.
- Gʻam togʻi. Yelkadan togʻ agʻdarilganday boʻldi. yatOtabek goʻyo togʻ ostida qolgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shuncha tadbir bilan qochgani holda, diplomini esidan chiqar-ganidan Aʼzamni vahima togʻi yelkasidan bosdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Har goʻsha-dan oqdi tinmay tilsiz faryod, Bosgan edi balo togʻi — zoʻr istibdod. — Gʻayratiy.
- Shokir ota oʻtirgan joyida hassasini yerga "doʻq" etib urdi, temirchining soʻzidan noroziligi-ni bildirib dedi: -Men bogʻdan gapirsam, sen togʻdan kelasan. — Oybek — Tanlangan asarlar. Ishongan (yoki suyangan) togʻi Madad, koʻmak beruvchi, shu jihatdan eng asosiy homiy boʻluvchi kimsa yoki narsa.
- Oyjamol oʻzining suyangan togʻi deb bilgan Polvonning kelishi-ni nihoyatda orziqib kutardi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Bugun hech ikkilanmay terim mashi-nalari va uning mexanizatorlarini paxta-korlarning qatordagi nori, suyangan togʻi, desa boʻladi. — Gazetadan. Koʻnglini (yoki koʻksi-ni, dilini ...) togʻ qilmoq Ruhan juda shod (xursand) qilmoq.
- Ayniqsa, mana bu yoiglar koʻnglimni togʻ qilib yubordi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Koʻksim togʻ etgan — Vatan sevgisi. Yo. Mirzo. Togʻni ursa tolqon qiladigan Nihoyatda bahodir va shijoatli.
- Bu yoqdagi qazuvchshshr ham Gʻulomjon, Barot polvon, Zamon singari togʻni ursa tolqon qiladigan azamatlar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Togʻ-tosh (togʻu tosh) Togʻ va tosh qoplagan yer, joy.
- ..bu suye togʻu toshni toʻl-dirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda is-tiqomat qiladigan jonivorlardan ortmas. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Besh kun choʻlda, besh kun koʻlda, togʻda-toshda — qayerda molga oʻt bor desa, borib qoʻngan odammiz-da. — "Yodgor".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0