Толковый словарь
turg‘un
турғун
Значения
- Biror joyda doimiy yashovchi, oʻrnashib qolgan; muqim;
- Oʻzgarmas boʻlgan, doimiy, barqaror.
- Toʻxtab, turib qolgan, harakat qilmaydigan; harakatsiz; oqmas.
- Turgʻun (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Shaharning turgʻun xalqi. Bir necha yil darbadar umr kechirib.. oshpazlik qildi, oxiri ona qishlogʻi Avvalda turgʻun boʻlib qoldi. — K. Yashin — Xamza.
- Sen aytgancha, kuyoving Toshkentdan ikkinchi uylanmasinda, Kumushni qudalaring oldiga turgʻun qilib yuboraylik, tuzukmi? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Furqat vatanida boʻlolmay turgʻun, Donishday, Voqifday gʻam-alam yutdi. — X. Rasul.
- Turgʻun muvozanat. Turgʻun holat. Barcha tashkilotlarni turgʻun kadrlar bilan taʼminlash.
- Hayotda hech narsa turgʻun boʻlib qolmaganiday, teatrda ham koʻp narsalar oʻzgardi. — S. Karomatov — Hijron.
- Turgʻun suv. U koʻzlarini hovuzdagi turgʻun koʻkimtir suvga tikib oʻyladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0