Толковый словарь
urug‘
уруғ
Значения
- Oʻsimlikning murtak, oziqmod-dalari va qobiqdan iborat hosili; don, tuxum.
- Jonivorlar, hasharotlarning jinsiy hujayrasi; tuxum. Bir chugʻurchuq bir kunda oʻn mingtagacha hasharotni yeydi. Hasharot esa, yoʻq boʻlib ketmasligi uchun, millionlab tuxum qoʻyadi. S. Nurov, Narvon.
- Ipak qurti kapalaginingtuxumi, qurt urugʻi.
- Erkaklar jinsiy bezi ishlab chiqaradigan, jinsiy xujayralardan iborat suyukdik; sperma, maniy.
- Koʻpaytiradigan, koʻpayadigan, urchiydigan narsa.
- (3-sh. birl. shaklida: urugʻi) Ayrim soʻz-lar bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan narsa yoki shaxs toifasi, koʻpligi maʼnosini bildiradi; zoti. Boʻlsa boʻlar, boʻlmasa —
- Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan kishilar guruhi; avlod.
- Ibtidoiy jamoa tuzumida: oʻzaro qon-qardosh boʻlgan kishilardan iborat dast-labki asosiy tashkilot, uyushma, jamoa.
- Anqoning urugʻi q. anqo. Urugʻini oʻynat-moq Nihoyatda azob bermoq.
- Opa-singillar; 2) batamom yoʻq qilib yubormoq.
Примеры
- Sochilgan urugʻ unib chiqdi. Bemaza qo-vunning urugʻi koʻp. — Maqol.
- Tertoʻkib, sochsang urugʻ, yer seni qoʻymas quruq. — Maqol. n Koʻklam-da ona-bola togʻ etagidagi qoʻriqqa chiqib, belkurak bilan yer agʻdarib, lalmi bugʻdoy ekishdi, lekin qurgʻoqchilik boʻlib, uruqqa ham chuv tushishdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Samarqand qurt urugʻi zavodi faqat oq pilla oʻraydigan ipak qurti urugʻlari tayyorlay boshladi. — Gazetadan.
- Bolalagida uning miyasiga ilm urugʻi qadalsa, keyin sermeva daraxt boʻlib unib chiqqay. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Nizomulmulk fitna urugʻini uzoqni moʻljallab, juda maxfiy sepmoqda. — Oybek — Navoiy.
- xo-tinning urugʻi Hirotdan kelgan emas! — A. Qahhor — Asarlar.
- Dunyoda kitob urugʻi borki, hammasini oʻqib boʻldim. — "Mushtum".
- Bir urugʻ-danmiz.. aloqalarimiz buzilmasin. — Sh. Xol-mirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Sulton Ahmadbek oraga odam qoʻygan. Butun urugʻlari bilan sizning marhamatingizga muntazir. — P. Qo-dirov — Yulduzli tunlar.
- Il-gari oqsoqollar boshchiligidagi har bir urugʻ oʻzini bir-biridan yuqori qoʻyar, bir-birining odatidan, tilidan kular edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shirok, bizning urugʻdan. Oʻzi er-takchi, dostonchi dono chol. — M. Osim — Shiroq.
- Bir tomchi qo-ning qolguncha urugʻingni oʻynatadi. — S. Is-moilzoda — Temur. Urugʻini quritmoq 1) av-lodi bilan qirib yubormoq. [ Umirali: ]
- Nus-ratilla aka, men-chi.. men har qanday dush-maningizning urugʻini quritaman. A. Muxtor,
- [Dadajon: \ Murodova yana bir-ikki yil turadigan boʻlsa, chilimning urugʻini ham quritadiganga oʻxshaydi. — I. Rahim — Ixlos.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0