Толковый словарь
yig‘moq
йиғмоқ
Значения
- Turli joydagi shaxslarni yoki narsalarni bir joyga keltirmoq
- toʻplamoq.
- Terib, oʻrib va b. yoʻl bilan olib toʻplamoq; yigʻishtirmoq.
- Biror narsani maʼlum vaqt jarayonida bir-bir topib toʻplamoq; jamgʻarmoq.
- Jam holga keltirmoq; yigʻishtirmoq.
- Yigʻinchoq, tartibli holatga keltirmoq.
- Qismlarni oʻzaro biriktirib butun holga keltirmoq.
- Maʼlum bir nuqtaga qaratmoq, toʻplamoq, markazlashtirmoq (xayol, aql, kuch va shu kabilarni).
- Ish, harakat, faoliyat va shu kabilarni toʻxtatmoq, yigʻishtirmoq.
Примеры
- Boshliqlarni yigʻmoq. Toʻkilgan ol-malarni yigʻmoq. n
- Mana, Nazira xola ham, Shahodat xola ham kelishdi. Yaxshi boʻldi. O‘zim ham sizlarni yigʻib, ikki ogʻiz gaplashmoqchi edim. — A. Qahhor — Kampirlar sim qoqsi.
- Talʼ-at sinfdosh doʻstlarini yigʻib, uyida ziyofat qilmoqchi edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbinga quloq sol.
- El ogʻasi — donolarni yigʻinglar.. — "Yusuf va Ahmad".
- Ikkalamiz sizlarning yashash obʼ-yektlaringiz haqida maʼlumotlar yigʻyapmiz. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Hosilni yigʻmoq. U yoz boʻyi Mansur uchun ataylab yalpiz, sariqbosh, isiriq, yana allaqanaqa giyohlarni yigʻib yurardi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbinga quloq sol.
- Pul yigʻmoq. Mol yigʻmoq. Bisot yigʻmoqchidirlar balki? Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Axir odamlarga mehr-shafqatli boʻlishni Hamzaga shu ota talim bergan, qolaversa, nega bunchalik kitob yigʻmasa. — K. Yashin — Hamza.
- Hozir narsalarni yigʻinglar, yaxshilab nonushta qilib olinglar, yuqoriga koʻtarilamiz. — S. Karomatov — Oltin qum.
- -Kel, Nurioy! — Salimboyvachcha oyoqlarini yigʻib oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Traktorni yigʻmoq.
- Stepan esini yigʻib, oʻrnidan turdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Hakimjon ilu suhbatdan soʻng oʻzining xom va chuvalashgan fikrlarini pishitdi, bir oraga yigʻdi.. oʻsha kundan boshlab uning hamma narsaga qarashi boshqa boʻldi!Choʻpt\on, — Kecha va kunduz.
- ..bor kuchimni yigʻib chopdim. — Sh. Xolmirzayev — Yoʻllar, yoʻldoshlar.
- Shokir ota ishni yigʻdi, koʻzoynagini olib qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0