Толковый словарь
yo‘l
йўл
Значения
- Odamlar, jonivorlar va b. narsalar qatnovi natijasida yer sathida iz bosilib hosil boʻlgan uzun, davomli qism, qatnov qismi.
- Umuman, kishilar yoki transport qatnovi uchun maxsus belgilangan yer boʻlagi.
- Kema va samolyotlar qatnashi uchun maxsus belgilab qoʻyilgan yoʻnalish, trassa.
- Yoʻnalishdagi harakat jarayoni, yoʻlda davom etayotgan yurish.
- Yurish, qatnov yoʻnalishi.
- Biror joy, makonga sayohat yoki boshqa maqsadda qilinadigan yurish; safar.
- Bosib oʻtiladigan oraliq; masofa.
- Maʼlum bir transport vositasi uchun yoʻnalish qurilmasi.
- Ayrim narsalarning yoʻnalish chizigʻi, joy oraligʻi.
- Biror narsaga, yuzaga tortilgan, tushirilgan chiziq, iz.
- Qator, satr; misra.
- Biror narsaning yoʻnalish, kelish-ketish oqimi, yoʻnalishi.
- Faoliyatda amal tarzi, qilinadigan, tutiladigan ish-amal.
- Kuy, qoʻshiq va shu kabilarda oʻziga xos usul.
- Imkon chorasi.
- koʻm. vazifasida. (asosan oʻ.-p. k. da - yoʻlida) Sabab, maqsad kabi maʼnolarni bildiradi; bora(si)da, uchun.
- Yoʻl bermoq - 1) oʻtib ketish uchun yoʻlni boʻshatmoq.
Примеры
- Soʻqmoq yoʻl.
- Qirdagi har tomonga ketgan yoʻllar.
- Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. — Abdulla Qahhor — Maston
- Choʻlning yoʻli ingichka.. — "Boychechak"
- Dovon orqali.. bitta ot yoʻli bor, xolos. Shu tor yoʻldan Afgʻonistonga oʻtsa ham boʻladi. — Komil Yashin — Hamza
- Avtomashina qatnaydigan yoʻl.
- Asfalt yoʻl.
- Tosh yoʻl.
- Uzoq yoʻl.
- Mashina yoʻlini kesib oʻtayotgan podaga signal berganda, choʻchib oʻziga keldi-yu, atrofga qaradi. — Said Ahmad — Yulduz
- Mehmonxona yonidagi yer osti yoʻlidan oʻtib, gulzor maydonga chiqishdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Suv yoʻli.
- Havo yoʻli.
- [Xotin] Kumushga qarab davom etdi: Anu kungi soʻzingiz bilan, yoʻldan qayrshshb kirgan edim. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Oʻrmonjon yoʻl boʻyi gapirmadi.. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Men uning uchun bir ziyoratchi, nazrini beraman-u, yoʻlimga ketaveraman. — Komil Yashin — Hamza
- -Zarari yoʻq, - dedi Meʼmor. - Buni yoʻl mashaqqati deymiz. — Mirmuhsin — Meʼmor
- ..birov “Xotiningni ukang nikohlab oldi, uyga bormay qoʻya qol!” degan ekan, u ham yoʻlni boshqa yoqqa soldirib ketibdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Yoʻl anjomlari.
- Yoʻlga hozirlanmoq.
- Yoʻlga chiqsang, yoʻldoshing boʻlsin. — Maqol
- [Otabek] Bu soʻroqni oʻz-oʻziga ham berib koʻrmagan, goʻyo burungidek Margʻilon yoʻliga oshiqib hozirlanar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Shoh Mashrab yoʻlga chiqsalar, xudoning qudrati bilan, yerning tanobi tortilib, yoʻl qisqarar ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bundan buyon mototsikl yoʻlingizni yaqin qiladi. — Sunnatilla Anorboyev — Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari
- U Miyon Qudrat hazratni ziyorat qilish uchun ozmuncha yoʻlni piyoda bosib keldimi? — Komil Yashin — Hamza
- Temir yoʻl.
- Tramvay yoʻli.
- Poyezd yoʻli mayda tosh, Boyning qizi qalamqosh. — "Boychechak"
- Nafas yoʻli.
- Siydik yoʻli.
- Xas-xashaklar suv yoʻlini toʻsib qoʻyibdi.
- Bir yoʻli oq, bir yoʻli moshrang beqasam.
- Eshikda tikkasiga oq va qora yoʻllardan iborat pijama kiygan, boshyalang Azimboyev koʻrindi. — "Guldasta"
- Bir necha yoʻl xat.
- [Anvar Raʼnoga] Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yoʻlimga javob boʻlsin. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Hayot oʻz yoʻlidan borar, bahor bolalarga oʻz quvonchi, oʻz shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsol
- Xamza haqiqat yoʻlidan, maʼrifat yoʻlidan, Furqat vasiyat qilgan yoʻldan boradi. — Komil Yashin — Hamza
- Hozir senlarga ikki yoʻl: oʻgʻil, qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish.. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Taqdirdan shikoyat qilmadim sira, Sizga ham shu yoʻlni maslahat koʻrdim. — Shuhrat
- Ikkisining yoʻli ham gumrohlikdan boshqa narsa emas. Biri yigʻib oʻlgan, biri yeb oʻladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Orzuyu armonimni sheʼriy yoʻlda qaytadan Soʻzlab turibman, balki yoshlik boʻlib bahona. — Abdulla Oripov
- Zebi kirib, mayda yoʻllardan birini oldi. Dutorning ovoziga endigina oʻz ovozini qoʻshaman deganda, tashqaridan mingboshini chaqirdilar. — Choʻlpon — Kecha va kunduz
- Hech boʻlmasa, jonni saqla edi sen, Bir yoʻl topib qochmoq kerak bu eldan. — Hamid Olimjon
- Sodiqjon boyvachcha changaliga tushgan qizning kimligini bilgisi keldi. Ammo soʻrab bilishning hozir asti yoʻli yoʻq edi. — Komil Yashin — Hamza
- Kimiki xalq yoʻlida, xalq gʻamida ter toʻksa, qoʻli hamma yerda baland boʻlsin.. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Shuning uchun ham senga yetishmoq yoʻlida jonni xatarga qoʻyib, kecha-kunduz yugurganman-da.. — Komil Yashin — Hamza
- Oʻquvchilarni joʻshqin mehnat faoliyatiga tayyorlash yoʻlidagi izlanishlarimiz hozirning oʻzida oʻz samarasini bermoqda. — Gazetadan
- Mansur pastak eshikni ochib, Gavharga yoʻl berdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol 2) toʻsqin boʻlmaslik, qarshilik qilmaslik; imkon bermoq, yoʻl qoʻymoq.
- ..ular mehnat ahlini istaganlaricha ishlatib, hamyonlarini yana ham qappaytirishlari uchun avomning fikrini ochishga yoʻl bermaydilar. — Komil Yashin — HamzaYoʻl bosmoq - maʼlum masofani yurib oʻtmoq.
- Maston necha kilometr yoʻl bosganini va yana necha kilometr bosish kerakligini bilar edi. — A. Qahhor — MastonYoʻl boshlamoq - 1) yoʻlovchilarni boshlab yurmoq.
- -Yuring, - dedi Talʼat yoʻl boshlab. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol 2) ish-faoliyatda rahnamolik qilmoq; yetakchilik qilmoq, yetaklamoq.Yoʻl boʻlsin? - 1) qayoqqa boryapsiz?
- Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? — Tohir Malik — Ajab dunyo 2) ( bilan) koʻchma biror ishni bajarish kimsaning qoʻlidan kelmasligini ifodalash uchun ishlatiladi.
- Sheʼr yozishga senga yoʻl boʻlsin.Yoʻl koʻrsatmoq - 1) olib boradigan yoʻlni koʻrsatmoq.
- Adashgan yoʻlovchiga yoʻl koʻrsatmoq. 2) yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoq, qanday yoʻl tutishni aytmoq.
- [Yormat] Ellikboshiga yalindi: -Man gʻaribga yoʻl koʻrsating. Kimga arz qilay? — Oybek — Tanlangan asarlarYoʻl olmoq - biror tomonga yurishni boshlamoq, yoʻlga tushmoq.
- Tongotarda hujradan chiqqan Memor karvonsaroy hovlisini kesib oʻtib, darvozadan tashqariga yoʻl oldi. — Mirmuhsin — MeʼmorYoʻl solmoq - yoʻl olmoq.
- Yarash polvon toʻgʻri kolxoz idorasiga yoʻl soldi. — Sa’dulla Siyoyev — Otliq ayolYoʻl qoʻymoq - yoʻl bermoq 2.
- ..nimaiki ish qilsa, odamlar xursand boʻlishini oʻylashi, saxiyligi bironta kishining bu qizga oʻqrayib qarashiga yoʻl qoʻymasdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- -Ota, ustoz haqlar, - dedi Hamza. - Hiylaga baʼzan shariat ham yoʻl qoʻyadi. — Komil Yashin — HamzaYoʻlga kirmoq - yurishni boshlamoq (goʻdak haqida).
- Adolat yoʻlga kirdi degandan boillab topganini sandiqqa tashladi. — Saida Zunnunova — Olov
- ..qoniga belangan dadangni koʻtarib kirganlarida, sen yoʻlga kirgan eding. — Yo‘ldosh Shamsharov — ToshqinYoʻlga solmoq - yaxshi gapirib, aldab-suldab koʻndirmoq, roziligini olmoq.
- Boʻtaboy uni [Sodiqni] aldab-suldab yoʻlga solmoqchi boʻldi. — Said Ahmad — HukmYoʻlga tushmoq - 1) biror yoʻl bilan (biror tomon) yurishni boshlamoq.
- [Nuri] .. qovun polizni sayr qilishni bahona qipdi-da, akasining oʻgʻli Rafiqjon bilan birga yoʻlga tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) toʻgʻri yoʻl, meʼyoriy iz (yoʻnalish)ga tushmoq, shunday holat kasb etmoq.
- Savodsizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib oldi. — Komil Yashin — HamzaYoʻlga chiqmoq - yoʻlga otlanib yura boshlamoq, yoʻl olmoq.
- Vzvod yarim tunda yoʻlga chiqdi, razvedkaga. — Toshtemir Rustamov — Mangu jasorat
- ..avzoyidan sezdiki, u shum niyat bilan yoʻlga chiqqan. — "Yoshlik"Yoʻlga qoʻymoq - tashkil qilmoq, ishga solib yubormoq; rivojlantirmoq; tartibga solmoq.
- Yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻymoq.Yoʻldan ozdirmoq - notoʻgʻri (nomaqbul) yoʻlga boshlamoq, yomon yoʻlga chalgʻitmoq.
- Sizning muloyim, odobli singlingizni ham yoʻldan ozdirishim mumkin. — Mirmuhsin — MeʼmorYoʻldan toydirmoq - notoʻgʻri yoʻlga chalgʻitmoq, burmoq.
- ..musulmonlarni haq yoʻldan toydirmoqchi boʻlgan shul kitoblarni agʻdar-toʻntar qilib, koʻchaga chiqarib tashlagim keldi. — Komil Yashin — HamzaYoʻldan urmoq - toʻgʻri yoʻldan chalgʻitmoq.
- Yoʻq, endi Mengliboyni hech kim yoʻldan urolmaydi. — Said Ahmad — Yulduz
- Tagʻin meni yoʻldan uryapti deb oʻylamang. Sizni yaxshi koʻrganim uchun aytyapman. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solYoʻldan chiqarmoq - yoʻldan urmoq.Yoʻldan qaytarmoq - 1) orqaga qaytishga majbur qilmoq; 2) kishini yomon xulq yoki nojoʻya xatti-harakatdan tiymoq, toʻxtatib qolmoq.
- Muhammadrajab.. xotini orqali uni shu yoʻldan qaytarishga urindi. — Abdulla Qahhor — SarobYoʻli ochilmoq - baxtli boʻlib, ishi yurishib ketmoq.
- Yoʻli ochilgan yigitning yangasi oldidan chiqar. — MaqolYoʻli tushmoq - yurishi, safari biron joy, (tomon)ga toʻgʻri kelmoq.
- Qabristonga tushganda yoʻlim, Men shu gʻamgin holni koʻraman. — Abdulla Sher — Qadimgi kuyYoʻli uchun - yoʻliga
- ..yolgʻizgina qizining koʻz yoshlariga yuragi dosh berolmadimi yoki yoʻli uchun shunday qildimi - Abdurahmonboy.. qizini yupatishga tushdi. — Komil Yashin — HamzaYoʻlingdan qolma - senda ishim yoʻq, menga keraging yoʻq, ketaver.
- “Yordam bergan boʻlsangiz, rahmat, yoʻlingizdan qolmang”, demaydimi qiz. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solOq yoʻl tilamoq - oq.
- ..ular bilan changga botib borayotganligidan mamnun boʻlib, ichida unga oq yoʻl tilab, deraza pardasini tushirdi. — Komil Yashin — Hamza
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0