Толковый словарь
yo‘lka
йўлка
Значения
- . Odatda koʻcha chetida tosh, gʻisht yoki asfalt yotqizib, bir oz koʻtarib tekislangan, piyodalar yuradigan tor yoʻl; trotuar.
- . Hovli, bogʻ va sh. k. joylarda yurish uchun ajratilgan maxsus yoʻl.
Примеры
- Katta yoʻlga tosh yotqizilib.. yoʻlkalar asfalt qilingan edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Domla koʻchaning oʻrtasidan yurmay, yoʻlka bilan, boshini koʻtarib, jiddiy vajohat bilan oʻtayotibdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Devor tagidagi quruq yoʻlkadan uch-toʻrt qadam yurib, toʻxtab qoldi. Ichkaridan rubob ovozi eshitildi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Xiyobonga qarab ketdik. Suv sepib supurilgan toza yoʻlkalardan sekin-sekin yurib, ancha kezdik. — "Mushtum"..
- Yoʻlkaning oʻng tomoni — mevazor, chap tomoni — tokzor: ikki ishkomgina uzum. — H. Gʻulom — Binafsha atri.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0