Толковый словарь
yo‘q
йўқ
Значения
- Mavjud emas; bor 1.
- Javob ichida kelib, inkor maʼnosini ifodalaydi; ha.
- Gap oldidan kelib, oldingi gapda bayon etilgan fikrga eʼtirozni bildiradi.
- Biror (oʻylangan) narsaning unday emasligini, yuz bermasligini bildiradi.
- ot vazifasida. Kambagʻal, qashshoq; nochor.
- Feʼlning inkor maʼnoli shaklini yasash uchun xizmat qiladi.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsaga shaxsning uquvi, bardoshi, xohishi yoʻqligini bildiradi.
- Bahosi yoʻq - belgi, qimmatni kuchaytirib ifodalaydi; juda yaxshi, bebaho.
Примеры
- Oʻzingda yoʻq - olamda yoʻq. — Maqol
- Bu atrofda bironta xonadon yoʻq.
- Korxonada oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin yoʻq. — Gazetadan
- Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yoʻqolsa ham, payqaydi, lekin yoʻq narsa asta-sekin paydo boʻlsa, payqamaydi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Sidiqjon bir sonini egarga qoʻyib, juvonga tomon oʻgirilib oʻtirdi: -Bu yerlar ham Qoʻshchinorga qarashlimi? -Yoʻq. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- -Siz ham qiziqsiz-da, Hoji xola. -Yoʻq, qiziq emasman, toʻgʻri gapni qilyapman, Toʻraxon. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- -Bilasizmi, Yoʻlchi, kimni sudradingiz? -Yoʻq, kim oʻzi u it? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Yoʻq, seni sharmanda deb taʼna eshitishni xohlamayman. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Yoʻq, janobi boy, savodli bilan savodsiz hech mahalda bab-baravar emas. — Komil Yashin — Hamza.
- -Yoʻq, yoʻq, singlim, - yalindi Rahim Saidov -Oʻtinaman, hozir bering. Juda ham zarur! — O‘lmas Umarbekov — Yoz yomgʻiri
- Olimjon oʻn besh kunda qaytmoqchi edi. Bir oy oʻtdi - yoʻq, ikki oy oʻtdi - yoʻq. Na xat bor, na xabar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ertoyev Barno rozi boʻlib qolmasa, deb bir seskanib tushdi, yoʻq, qiz noz bilan boshini chayqadi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Yolgʻiz qoʻyni haydash nuqul azob. Boʻynidan surgayman - yoʻq, dumbasiga arqon solib tortaman - yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bor boʻlsang, koʻrolmaydi; yoʻq boʻlsang, berolmaydi. — Maqol
- Borning ishi farmon bilan, yoʻqning ishi armon bilan. — Maqol
- -Oʻlim - toʻy emas, borning pulini sochadi, yoʻqning sirini ochadi, - dedi kampir oʻgʻliga. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Anchadan beri koʻrganim yoʻq.
- Oʻqishga borayotgani yoʻq.
- Lekin men ham maqola yozishga yoʻqman, birodar. — Abdulla Qahhor — Adabiyot muallimi
- Shunday qilib, Salimxon Obidiy kasalga yoʻqroq odam. — Mirmuhsin — Umid
- ..lekin Oʻrmonjon yaxshi odam, xudoga qarab aytganda, bahosi yoʻq odam. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGap yoʻq - bundan boshqacha boʻlishi mumkin emas; qoyil, juda soz.
- -Ziyofat qalay boʻldi? -Ey, gap yoʻq!Gapda (yoki gap-soʻzda) yoʻq - gapga chechan emas, gapni yaxshi uddalab gapira olmaydi.
- Hozirgi aftini koʻrgan kishi uni [Roʻzimatni] gap-soʻzda yoʻq, oʻzi to‘nggina bir yigit gumon qilar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariJahonda yoʻq - yakkayu yagonalikni taʼkid bilan ifodalaydi.
- Soʻzlashdik, xotin, u kishi soʻzni aylantirib, sizdek baxtli ota jahonda yoʻq, dedi. — Oybek — Tanlangan asarlarZarari yoʻq - hech narsa qilmaydi, hechqisi yoʻq.
- -Zarari yoʻq, - dedi Karimiy peshonasida toʻzgʻigan sochlarini bir bosh silkish bilan orqaga tashlab. — Ne’mat Aminov — Suvarak
- -Ha shumi? - kuldi Yoʻlchi. -Zarari yoʻq, jildirab oqyapti-ku, opa, shu ham toshishmi? — Oybek — Tanlangan asarlarIng yoʻq, jing yoʻq - indamay, hech narsa demay.
- Qorni toʻq, egni butun boʻlsa bas. Ing yoʻq, jing yoʻq ishlayveradi. — Oybek — Tanlangan asarlarIshi yoʻq - eʼtibor bermaydi, qiziqmaydi.
- Xonning oʻlik-tirik bilan ishi yoʻq emish. Joni halak deydilar. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- [Samovarchining] Kelgan-ketganlar bilan unchalik ishi yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlarYoʻq boʻlmoq - koʻzdan gʻoyib boʻlmoq; yoʻqolmoq.
- Otasi Mahmud aka esa onasi vafot etgach, yoʻq boʻlib ketdi. — Gazetadan
- Birdan boshim aylanib, allaqanday qorongʻilikda yoʻq boʻlib ketdim. — Ergash Raimov — Ajab qishloqYoʻq deganda - eng kami, kami bilan.
- Yoʻq deganda besh kilo keladi.Yoʻq demoq - inkor etmoq, rad etmoq, eʼtiroz bildirmoq.
- -Yoʻq desangiz, boy tilingizni kesarmidi? - boʻgʻilib dedi Gulsumbibi. — Oybek — Tanlangan asarlarYoʻq yerdagi - hech qayerda yoʻq, umuman yoʻq.
- ..yoʻq yerdagi gʻovgʻani boshimizga sotib oldik, deb qilgan ishiga pushaymon boʻlib yotdi. — "Yodgor"Kun yoʻq - kun bermaydi, tinch qoʻymaydi.
- Siz uyda yoʻq vaqtlaringizda Hamdamingiz dastidan menga kun yoʻq. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Yakkaxoʻjalik boʻlsang, senga kun yoʻq, deb bizni kolxozga kirgani majbur qilishdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariKoʻnglida kiri yoʻq - kir.Koʻrgani (yoki koʻrarga, koʻrishga) koʻzi yoʻq - juda ham yomon koʻradi, koʻrishni ham xohlamaydi.
- Ularning meni koʻrgani koʻzlari yoʻq. — Komil Yashin — Hamza
- Uning [Karimovichning] koʻrarga koʻzi yoʻq: har bir yigʻinda aspirantini choʻqiy boshlardi. — Mirmuhsin — NuqraMazasi yoʻq - 1) koʻngildagidek emas, durust emas.
- Imtihon qilib koʻrdim - mazasi yoʻq. — Abdulla Qahhor — Adabiyot muallimi 2) tobi yoʻq tob.Otliqqa yoʻq - kam topiladigan, noyob, qamma ham yetishavermaydigan narsa haqida.
- Kishining yuragini qon qilib yuborasan.. nainki men asal olsam! Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! — Abdulla Qahhor — AnorSanogʻi (yoki soni) yoʻq - juda koʻp.
- Koʻrpa-toʻshagini orqalab, xor-zor yurgan odamlarning sanogʻi yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar
- [Ellikboshi Hakimboyvachchaga:] Oʻgʻri, muttaham, daydilarning soni yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlarSuyagi yoʻq - juda yoqtiradi, juda qoyil qiladi.
- Qabih ishlarga suyagingiz yoʻq, musallas sharʼiy deysiz. — Umidjon Ismoilov — SaylanmaTaraf yoʻq - tenglashadigani, yetadigani mavjud emas; tenglashib boʻlmaydi.
- ..ammo xotinni uchta qilishga ham oʻyim yoʻq emas. -Sizga taraf yoʻq, togʻa! — Abdulla Qodiriy — O‘tgan kunlarTobi yoʻq - 1) sogʻligʻi durust emas; kasal.
- Aka, nimaga jim boʻlib ketdingiz? Tobingiz yoʻqmi? Ozibsiz-a.. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) xushi yoʻq, yoqtirmaydi.
- Na oʻqishga, na yumushga tobi yoʻq. — "Guldasta"
- -Bilaman, tushunaman, kishanga tobing yoʻq, - dedi-da, Qoratoy koʻzlarini ayyorcha qisib davom etdi.. — Oybek — Tanlangan asarlarTuturigʻi yoʻq - betayin, oʻz gapiga amal qilmaydigan.
- Shu odam ham tuturigʻi yoʻq, laychadek sermulozimat boʻlib ketyapti. — Asqad Muxtor — Opa-singillarO‘zida yoʻq - xursand (shod) holatni kuchaytiradi.
- ..akajoni keltirgan jajji mashinachani qizlarga koʻz-koʻz qilib, oʻzida yoʻq xursand. — Hakim Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar
- -"Jannat, jannat" deyishadi-yu, jannat deganlari Qorabulogʻimizdan yaxshimikan ?! - dedi u oʻzida yoʻq quvonib. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaHe yoʻq, be yoʻq - biror narsa demay, hech qanday gap-soʻzsiz.
- Mahallamda, he yoʻq, be yoʻq, oʻgʻlim Abdusamatni askarlikka moʻljallab qoʻyishibdi. — Oybek — Tanlangan asarlarHechqisi yoʻq - hechqisi.
- Besh-olti mingga kuyibsan, hechqisi yoʻq. — Nazir Safarov — Hayot maktabi
- Yoʻlchi pinagini buzmay, odatda gapirganday, dedi: -Hechqisi yoʻq; moʻysafid, bechora odam ekan, duo-sini olay dedim. — Oybek — Tanlangan asarlarHisobi yoʻq - 1) soni (sanogʻi) yoʻq, behisob.
- Mol-dunyosining hisobi yoʻq. 2) iloj-imkon yoʻq.
- Qaytay desam - quvadi, oʻtib ketishning sira hisobi yoʻq. Turib qoldim. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0