Толковый словарь
yo‘rg‘alamoq
йўрғаламоқ
Значения
- Yoʻrgʻa yurish qilmoq (ot, eshak haqida).
- Umuman, mayda va tez qadam bilan yurmoq.
- Narsaning biror sath uzra tez harakatiga nisbatan qoʻllanadi.
- Yengil harakat, mayda qadamlar bilan oʻyinga, raqsga tushmoq.
Примеры
- Abdusamad amakining orqasiga mingashib oldim. Ot yoʻrgʻalab ketdi. — M. Mansurov — Yombi
- Tagimdagi qashqa doʻnon birmeʼyorda yoʻrgʻalaydi. — M. Xayrullayev — Tilla marjon
- Burga sakraydi, bit yo‘rg‘alaydi. — Maqol
- Buxgalter soʻridan tushib, toʻy boʻlayotgan hovli tomon yoʻrgʻaladi. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- Shunday yoʻgʻon boʻlishiga qaramay, bedanaday yoʻrgʻaladi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Qalami yoʻrgʻalagan sari, yumaloq yuzi xiyol yorishib, qiyiq koʻzlari pirpirar edi. — Mirkarim Osim — Sehrli soʻz
- [Munisning] Oq barmoqlari klavishlar ustida yoʻrgʻalab, uning yurak soʻzlarini kuyga koʻchirar edi. — Zinnat Fatxullin — Soʻnmas yulduz
- Oʻyinchi yigit chetga chiqishi bilan kipriklariga surma qoʻygan bir juvon oʻrtaga chiqib yoʻrgʻalay boshladi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- [Xolmat:] Goʻzallarning goʻzali! Endi ikkitagins xursandchilik qilamiz-da. Bir yoʻrgʻalab berasiz-da! — Hamza — Boy ila xizmatchi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0