ball.uz

Tahrirchi

O‘zbekcha matnning imlosini onlayn tekshirish

Ball.uz Tahrirchi o‘zbekcha matn yozishda imlo, apostrof, bosh harf, takrorlangan so‘zlar va tinish belgilariga oid xatolarni ko‘rib chiqishga yordam beradi. Tekshiruv imlo lug‘ati va tanlangan grammatik qoidalarga tayanadi. Lotin va kirill yozuvidagi matn bilan ishlash, tuzatish tavsiflarini o‘qish va mos variantni tanlash mumkin.

Akkauntingizga kirib, original matnni yozing, joylang yoki Word hujjatidan oching. «Tekshirish» tugmasini bosgandan keyin tahrirlangan matnda muammoli so‘zlar belgilanadi. So‘zni bosib takliflardan birini qabul qiling yoki o‘z variantingizni kiriting. Tuzatishlar original matnga ta’sir qilmaydi; matn o‘zgargach, yangi natija uchun qayta tekshiring.

Matnni asosiy asboblar bilan formatlash, kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish, nusxalash va DOCX shaklida saqlash mumkin. Import uchun DOCX hajmi 20 MB gacha, matn esa 20 000 belgigacha. Matn va hujjatlar brauzerda qayta ishlanadi. Murakkab grammatika va mazmunni yakuniy ko‘rib chiqish foydalanuvchining o‘zida qoladi.

Tekshiruv qachon boshlanadi?

Original matnni yozing yoki Word’dan oching, keyin «Tekshirish» tugmasini bosing. Tahrirlangan tomonda belgilangan so‘zni bosib taklifni tanlang yoki o‘z variantingizni kiriting. Tuzatish original matnni o‘zgartirmaydi. Matn o‘zgarsa, qayta tekshirish kerak. Qolgan xatolarni kartochkalardan ketma-ket tuzatishingiz mumkin. Baho va yangi xatolar faqat «Tekshirish» bosilganda qayta hisoblanadi.

Baho qanday hisoblanadi?

Topilgan imlo, grammatika va tinish xatolari so‘zlar soniga nisbatan hisoblanadi. Lug‘atda yo‘q so‘zlar bahoni pasaytirmaydi. Bu taxminiy baho; mazmunni va matn sifatini to‘liq baholamaydi.

Word fayllari qanday ochiladi va saqlanadi?

DOCX fayli 20 MB gacha bo‘lishi mumkin. Asosiy matn, bevosita berilgan qalin, qiya va tagiga chizilgan yozuv, sarlavhalar hamda oddiy ro‘yxatlar olinadi. Rasmlar, jadvallar ko‘rinishi, maxsus shriftlar va sahifa dizayni saqlanmaydi. Tayyor matnni asosiy formatlash bilan yangi DOCX faylga saqlash mumkin.

Matnim serverga yuboriladimi va tekshiruv hamma xatoni topadimi?

Matn va fayllar brauzeringizda qayta ishlanadi; serverga yuborilmaydi. Tekshiruv lug‘at va qoidalarga asoslangan, murakkab gap grammatikasini to‘liq qamramaydi. Ism, brend va yangi atamalarni o‘zingiz tekshirib, o‘tkazishingiz mumkin.