Word, Excel, PowerPoint va TXT fayllarini o‘girish
Ball.uz yordamida DOCX, XLSX, PPTX va TXT fayllaridagi o‘zbekcha matnni kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘giring. Faylni tanlang, yo‘nalishni belgilang va «O‘girish» tugmasini bosing. Jarayon tugagach, «Yuklab olish» tugmasi orqali tayyor nusxani saqlang.
Word hujjatlarida matn, jadvallar va sarlavhalar; Excel’da matnli kataklar; PowerPoint’da slayd matnlari o‘giriladi. Hujjat tuzilishi va matn bezaklarini saqlashga mo‘ljallangan. Excel formulalari va sonli qiymatlar o‘zgartirilmaydi. Rasm ichidagi matn avtomatik tanib olinmaydi.
Fayl hajmi 20 MB gacha bo‘lishi mumkin. O‘girish brauzeringizda amalga oshadi, fayl serverga yuborilmaydi. Katta fayllarning tayyorlanish vaqti hajm va qurilma tezligiga bog‘liq. Qisqa jumla uchun matn o‘girish vositasidan foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekistonning yangi alifbosi: Ö, Ğ, Ş, Ç
«Yangi (Ö, Ğ, Ş, Ç)» tugmasi kirill yoki lotin matnini yangilangan harflarga o‘giradi: O‘ → Ö, G‘ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Masalan, O‘zbekiston → Özbekiston, G‘alaba → Ğalaba, Shahar → Şahar, Cho‘lpon → Çölpon. Bosh va kichik harflar, tinish belgilari va qatorlar saqlanadi.
Faylni tanlang, «Yangi (Ö, Ğ, Ş, Ç)»ni belgilang va «O‘girish»ni bosing. Yangi harflar DOCX, XLSX, PPTX va TXT matnlariga ham qo‘llanadi. Hujjatdagi matn bezaklari saqlanadi; Excel formulalari va sonlar o‘zgarmaydi.
2026-yil 21-oktabrdagi rasmiy xabarda to‘rt harf yozilishini takomillashtirish va yangi tartibga bosqichma-bosqich o‘tish ma’lum qilingan. Yangi alifbo haqida rasmiy xabar.
Yangi harflarni odatiy lotin yoki kirillga qaytarish mumkinmi?
Ha. Ö, Ğ, Ş, Ç qatnashgan matn uchun «Kirilldan lotinga» yoki «Lotindan kirillga»ni tanlang. Odatiy lotinda O‘, G‘, Sh, Ch, kirillda esa Ў, Ғ, Ш, Ч olinadi. Yangi rejim alohida tanlanadi.
DOC, XLS va PPT formatlari ishlaydimi?
Eski formatdagi fayllarni avval Office’da DOCX, XLSX yoki PPTX formatida saqlang, keyin yuklang.
Parol bilan himoyalangan faylni o‘girish mumkinmi?
Faylning parolsiz nusxasini yuklang. Raqamli imzoli fayl uchun ham imzosiz nusxa kerak.
TXT faylining qatorlari saqlanadimi?
Ha. Matn qatorlari saqlanadi. UTF-8 va BOM bilan belgilangan UTF-16 matn fayllari qo‘llab-quvvatlanadi.