Explanatory dictionary
barkash
баркаш
Meanings
- [f. jl<L< — "koʻtar-
- moq, tortib chiqarmoq" feʼlidan] 1 Jez yoki misdan tayyorlanadigan va patnis oʻrnida ishlatiladigan, doyra yoki toʻrtburchak shak-lidagi roʻzgʻor asbobi.
- Toʻgarak, gardish, yumaloq, doi-rasimon.
- Barkash-barkash 1) moʻl, juda koʻp.
Examples
- Manzuraxon oppoq sochiq toʻshalgan barkashda qahva koʻtarib kirdi. A. Aʼzamov, Javob.
- Qizil belbogʻli yosh yigit kirib, dasturxon yozdi, barkashda non, turli noz-neʼmatlar va uch kosa sharbat kel-tirib qoʻydi. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Quyoshning oltin barkashi. Oy bar-kashi. n Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga boʻyab botayotir. M. Mahmudov. Mantu kuy izlab.
- Dengiz oʻynar oy barkashin toʻp qilib, Uning yuzi koʻrinadi sepkilli. E. Oxunova, Men tongni uygʻotdim.
- Oʻsiq kipriklari orasidagi charos koʻzlari olov barkash — quyoshdek jozibali. A. Mu-hiddin, Chap choʻntak.
- Shunda oʻsha moʻysafid chiqib, [boyvachchaning] oldiga barkash-barkash noz-neʼmatlar qoʻyibdi. Shuk-rullo, Javohirlar sandigʻi. 2) katta, boʻliq.
- Govmishlar poda-poda, Barkash-barkash yelinlik. Mirtemir, Asarlar. Boshini barkash, yelkasini obkash qilmoq Butun borligʻini baxshida qilmoq.
- Axir ne-ne koʻrgshshklar bilan, boshimni barkash, yelkamni obkash qilib voyaga yetkazdim. S. Siyoyev, Rayhon.
Source: Wiktionary
Views: 0